Mavzu: dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari. Reja


Download 13.89 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1797780
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISHNING ASOSIY USULLARI.


MAVZU: DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISHNING ASOSIY USULLARI.
Reja:
  • Maqsad va vazifalari
  • Dorivor o‘simliklarning ahamiyati.
  • Boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
  • Dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish maqsadida yaratilgan qonunlar va qarorlar.

  • Ma’ruzachi: Jumanov J.
    e-mail: jumanov.jorabek@bk.ru

Metod nima?

Metod (yun. metodos — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqeylikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl-yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.

Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodini egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi.


Metod oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqeylikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqeylik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqeylik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, metodlar ham takomillashib borgan.

O‘simliklarni bioekologik o‘rganish ikkita asosiy metodga - kuzatish bilan tajribalarga asoslanadi. Kuzatishlar va laboratoriya sharoitida o’tkaziladigan tajribalar xilma-xil bo‘lganligidan vizual kuzatish usullari ham nixoyatda turli-tumandir. Bularni puxta egallab olish uchun asosiy metodologik tushunchalar – biologik kuzatishlarni qanday olib borish, dala va laboratoriya tajribalari qanday qo‘yilishi, tajriba va kontrol variantlar, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga eta bo‘lish lozim. Tadqiqotchi ana shu asosiy metodologik tushunchalarni yaxshi bilib olgan taqdirdagina o‘z ishini muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlashi mumkin.


Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling