Keyingi misradagi «borib» ham ravishdosh shaklidagi feʼldir. Shu misradagi «bor»ning ma’nosi esa bitta emas. Dastlab uning «bor, mavjud» ma’nosi xotirga keladi. Shun-
da bayt ma’nosi «eshigiga borib uning bor-yo‘qligini, uyda
mavjud yoki mavjud emasligini bilmadim» tarzida izohlanadi.
Birinchi misradagi ma’no ham bu yerda takrorlanmoqda.
Unga ko‘ra, «eshigiga borib yana bir bor (marta) topmadim»
mazmuni oydinlashadi. «Bor»ning «yuk» ma’nosi ham bor.
Unda bu so‘z ko‘chma ma’noda «natija» mazmunini anglatadi. Nihoyat, mazkur so‘zning «ruxsat», «ijozat» ma’nosiga
ham egaligini eslash joiz. Shunda keyingi misrani «eshigiga
necha marta borgan bo‘lsam ham, (kirish uchun) ijozat
ololmadim» tarzida izohlash o‘rinlidir.
Oxirgi bayt – maqta butun g‘azal uchun yakun va xulosa vazifasini ado etmoqda. Lirik qahramon o‘zini yolg‘iz
va yakka sezadi. Bu holatga ko‘nikish zarurligiga o‘z-o‘zicha
undov ham mavjud. Bu undovni asoslash uchun dalil ham
bor: lirik qahramon butun jahonni izlab ko‘rgan bo‘lsa-da,
o‘ziga munosib yorni topgani yo‘q.
Bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko‘ringan bu
g‘azal mazmuniga teranroq nazar tashlanadigan bo‘lsa, uning
mag‘iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish
qiyin kechmaydi. Oshiqning o‘z yoridan shikoyati bahonasida lirik qahramonning o‘z zamoni va zamondoshlariga
bo‘lgan munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg‘onadi.
Bu she’rning tabiati, she’r tabiatidan shoirona foydalana
olishning samarasidir.
UYGA VAZIFA
- Bobur gʻazallaridan oʻzingizga yoqqan gʻazalni yod olib kelish !
- Bugungi darsda yangi bilib olgan maʼlumotlaringiz haqida roʻyxat tuzib keling!
- Bobur boʻlgan hukmronlik qilgan shahar va davlatlar xaritasini yarating !
E`TIBORLARINGIZ
UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |