Mavzu: Drap matosidan erkaklar shimi yangi model dizaynini ishlab chiqish


Download 1.69 Mb.
bet2/6
Sana27.12.2022
Hajmi1.69 Mb.
#1068352
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mohigul TBTTT kurs ishi

model

Aosiy model
Kurs ishim uchun asosiy model qilib tanlagan uchinchi modelim tanaga yopishgan bichimli, bel sohasidan pastroqda kiyiladigan modelda loyihalangan. Old bo’lagida qiyalama cho’ntaklari, ort bo’lagida esa hech qanday bezaklari yoq. Modelni loyihalashda drap matosidan foydalanganman. Chunki tanlagan va tafsiya etayotgan ushbu modelim qish mavsumida kiyishga mo’ljallangan.
B ichiq detallar ro’yxati
3. Material tanlash va asoslash
Jinsi shim yoshlarning sevimli kiyimi. U nafaqat yoshlarning, balki kattalarning ham didiga mos tushyapti. Ayniqsa, oʻzini zamonaviy koʻrsatishni xohlaydigan yoshlar jinsining yangicha uslubdagilarini, masalan, yirtigʻi yoki yamogʻi borlarini, rangi ayqash-uyqashlarini kiyyapti.Barchaga birday manzur boʻlishning oʻzi boʻlmaydi. Xoʻsh, jinsi qanday ixtiro qilingan? Uning bunday muvaffaqiyat qozonishiga nimalar sabab?“Jinsi” inglizcha “jeans” soʻzining talaffuzdagi koʻrinishi. Jinsi shim ixtirochisi Levi Straussdir. Asli bavariyalik boʻlgan bu odam 1853 yili pishiq ip-gazlamadan fermerlar uchun maxsus korjoma – ishkiyim tayyorlaydi. Oʻsha paytlari bugʻ bilan yuradigan kemalar keng ommalasha boshlagani sabab yelkanli kema sanoati inqirozga uchraydi. Yelkan tayyorlashda ishlatiladigan mato – parusina nihoyatda arzonlashib ketadi. Kanopdan toʻqiladigan bu xildagi qalin gazlama Fransiya yoki Italiyada ishlab chiqarilar edi. Yangi turdagi kiyimlar ayni shu parusinadan tikiladi. Bu mato qalin va pishiq boʻlgani uchun undan tayyorlangan jinsi shimlar oʻz chidamliligi bilan tezda shuhrat topadi. Keyinchalik kanop gazlamalar asta-sekin isteʼmoldan chiqib, uning oʻrnini paxtadan toʻqilgan matolar egallaydi.Lekin Levi Strauss fermerlarga ishkiyim tikkuniga qadar ham jinsiga oʻxshash shimlar ishlab chiqarilgan. Buyuk Britaniyaga Genuyadan “denim” degan mato olib kelinar, undan shim tikilib, butun Yevropa boʻylab “jeyn” yoki “jin” nomi bilan sotuvga chiqarilardi. 1750 yili Jon Xolker “Fransiya toʻqimachilik sanoatidan namunalar kitobi”ni yozadi. Unda tasvirlangan sakkiz modeldagi shim hozirgi jinsi shimlarga juda-juda oʻxshab ketadi.
Jinslar dastlab ikki rangda ishlab chiqarilgan: ko'k va jigarrang. Moviy rang indigo bo'yog'ining arzonligi tufayli ishlatilgan. Bundan tashqari, butun mato emas, faqat transvfer iplar bo'yalgan. Har bir yuvishda bo'yoq ham yuvilib, jinsi yumshoqroq bo'lib, tananing shaklini oldi.
Tabiiyki, iste'molchilar ko'k jinsilarini afzal ko'rishdi, shuning uchun jigarrang jinsi tezda yaroqsiz bo'lib qoldi va ularni ishlab chiqarish kamaytirildI.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling