Mavzu: dsp turdagi pechda Cт2cп markali instrumental po‘lat eritish jarayonini va asosiy dastgohini hisoblash. Yillik ishlab chiqarish unumdorligi 650 ming tonna Kafedra mudiri: Berdiyarov B. T


Download 236.76 Kb.
bet4/20
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1604063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yoyli po\'lat eritish pechi DSP nazariy va xulosa

Ishlatilish maqsadi bo‘yicha. Ushbu alomatlarga asosan po‘latni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: yonish va qozonxona, temir yo‘l transport usuli, konstruksion, zoldrli podshipnik, instrumental, ressor prujinali, transformatorli, zanglamaydigan, qurol, trubina va h.k. lar uchun po‘lat markasini boshida turuvchi P harfit tez kesuvchi po‘lat ekanini anglatadi. ШХ6, ШХ15 – keng podshipnikli, Э – elektrotexnik, У7, У8, У13 – uglerodli instrumental po‘lat(0.7% C va h.k). У7А, У8А – Yuqori sifatli uglerodli instrumental po‘lat ekanini ko‘rsatadi.

  • Sifat bo‘yicha. Po‘lat odatda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oddiy sifatli, sifatli va yuqori sifatli. Ushbu guruhlardagi farq ularning tarkibidagi zararli qo‘shimchalarga bog‘liq, hamda metallmas qo‘shimchalarning asosiy shartlariga binoan tarkibiga qarab. Masalan: oddiy sifatli po‘lat tarkibidagi oltingugurt va fosfor 0.055 – 0.060% gacha bo‘lishi mumkin, sifatli po‘latda 0.040 – 0.045% dan oshmasligi kerak, yuqori sifatli po‘latda esa 0.020 – 0.030 % dan oshmasligi kerak.

  • Kimyoviy tarkibi bo‘yicha. Po‘lat uglerodli (shu bilan birga past uglerodli, o‘rtacha uglerodli, yuqori ulerodli), past legirlangan, o‘rtacha legirlangan va yuqori legirlangan (shu bilan bir qatorda xromli, marganesli va h.k). MDH davlatlarida po‘latlarni kimyoviy tarkibini belgilashning quyidagi yagona shartli belgilari o‘rnatilgan. Po‘lat markasi belgilarida, GOST ga asosan marka boshida turgan raqamlar C dan % ning 100 dan bir bo‘lagidagi o‘rtacha tarkibini belgilaydi (isnstrumentral po‘lat uchun % ning mingdan bir bo‘lagida). Raqamlarning o‘ng tomonida turgan harflar po‘latdagi tegishli elementning borligining bildiradi. Harflardan kiyin turadigan raqamlar tegishli elementlar (1 % yuqori bo‘lsa), % tarkibini ko‘rsatadi. Marka oxiridagi “A” harfi po‘latning yuqori sifatliligini bildiradi. Masalan: yuqori sifatli kontruksion po‘lat tarkibi 0.12 % ga yaqin C, 2 % xrom va 4% nikel bo‘lsa, 12X2H4A; Po‘latning 30 XГС markasi ushbu po‘latda 0. 30% ga yaqin C va taxminan 1 % xrom, marganes va kremniy borligini bildiradi. Legirlangan po‘lat, kam legirlangan (2.5 % gacha legirlovchi elementlar) va yuqori legirlangan (10 % dan yuqori) po‘latlarga bo‘linadi. Po‘latni legirlovchi elementlarga asosan bir komponentli (marganesli 0.9Г2,14Г2, 35Г2, 40Г2, kremniyli 55С2, 60С2, 80С), ikki komponentli (Si va Mn li 60C2XA, Cr va Ni li 40XH,) uch komponentli (Cr Ni Mn li 30XГСАБCr NiMo li 20ХНМ), 4 komponentli va undan ortiq komponentliga bo‘linadi.


  • Download 236.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling