Dasturiy taʼminotni loyihalashni metodik taʼminoti
Dasturiy taʼminotni loyihalashning metodik taʼminoti oʼzida dasturlarni loyihalash qoidalarini mujassamlashtirgan standartlar, instruksiyalar va metodalar kompleksidan iborat.
Hujjatlar ishlab chiqish obʼektini qurishni va uni yaratish jarayonini belgilab beradi. Metodika va instruksiyalarda dasturiy maxsulotni loyihalash tillari, simvol va ishoralardan foydalanish qoidalari, dastur komponentlarini strukturali qurish va ularning oʼzaro aloqa qilish qoidalari va dastur kompleksini tashkil etishning boshqa metodik printsiplari konkretlashtiriladi. Bundan tashqari, hujjatlarda dasturiy maxsulotni yaratishning metodik asoslari: komponentlarni dasturlash va otladkalash qoidalari, komponentlarni sinash va sifatini baholash va boshqa qoidalar mavjud boʼladi. Dasturiy maxsulotlarni loyihalashning metodik asoslaridan iborat boʼlgan davlat va soha standartlari asosida konkret dasturiy mahsulotni yoki bitta sinfdagi dasturiy mahsulotlar guruhini yaratish uchun konkret korxona standarti yaratiladi.
Birgalikda bu xujjatlar konkret dasturiy vostitasini yaratishning metodologik jihatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |