Katta dasturiy mahsulotlarni loyihalash muammolari
Qoidaga koʼra katta dasturiy vositalar murakkab tizimning barcha xossalarini oʼzida mujassam etgan. Ular koʼp miqdordagi (yuzlagan, minglagan) komponent-modullarga ega va umumiy masalani yechish uchun chambarchas bogʼlangan.
Yagona kompleksni tashkil qiluvchi komponentlarning oʼzaro bogʼliqligini taʼminlash uchun bir nechta darajali guruh va modulli-komponentlarga ega ierarxik strukturadan foydalaniladi.
Har bir modul oʼzining maqsadiga va oʼziga xos sifat mezoniga ega va bu, qoidaga koʼra, toʼla dasturiy mahsulotning bosh maqsadi va sifat mezonlari bilan mos kelmaydi.
Аyniqsa yuzlagan modulga ega dasturiy mahsulotda bir qator sifat koʼrsatgichlarini ruxsat etilgan chegarada saqlagan holda asosiy effektivlik mezonini ro’yobga chiqarish uchun EHM resurslaridan oʼrinli foydalanishni tashkil etish juda murakkab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |