I-bob. Elektr mashinalarni loyihalashning asoslari va ishlab chiqarish muammolari
Download 0.6 Mb.
|
elektr mashinalarni loyihalash
I-bob. Elektr mashinalarni loyihalashning asoslari va ishlab chiqarish muammolari. 1.1. Kirish. Yangi materiallar, ishlab chiqarish texnologiyalari va konseptual topologiyalarni o’z ichiga olgan elektr mashinalari sohasidagi so’ngi yutuqlar ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va yangi izlanishlar uchun harajatlarni kamaytirish maqsadida tizimli loyihalash dolzarbligini ko’rsatdi. Ushbu bobda asosiy tushunchalar va usullarni joriy qilish uchun sanoatdagi ishlab chiqarish amaliyoti va amaliy tadqiqotlardan misollarni o’z ichiga olgan holda zamonaviy loyihalash jarayonining asosiy jihatlari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. 1.1-rasmda ko’rsatilganidek elektr mashinalarining o’zagi (serdechnik) sovuq holda presslangan yoki kremniy po’latdan tayyorlangan yupqa plastinkalarni (qatlamlarni) qoliplash (shtampovkalash) va ustma – ust yotqizish (ukladkalash) orqali ishlab chiqariladi. Rotor plastinkalari (qatlamlari) statorning ichiga o’rnatilsa ham ishlash jarayonida pazlar va statorning tashqi profili (chetlari) tufayli sezilarli darajada ko’p miqdordagi po’lat qirib tashlanadi. Mashinaning turiga va tipiga qarab rotorning ichida doimiy magnit rotor o’zagiga kiritilishi yoki biriktirilishi, elektr o’tkazuvchi xalqalar esa alyuminiydan quyma bo’lishi yoki o’rab chiqilgan bo’lishi mumkin. ( 1.1 – rasmda ko’rsatilgan turi uchun tegishli emas.). Stator odatda elektr izolyatsiyalangan o’tkazgich simlardan o’ralgan g’altaklar to’plamini o’z ichiga oladi. O’ramlarni ko’p fazali qilib taqsimlash (1.1-rasmda misol keltirilgan) g’altaklarni avtomatik ravishda ishlab chiqarish, so’ngra ularni o’zakga kiritish orqali yuqori samaradorlikga erishish mumkin. Buning natijasida har bir paz yuzasiga pazlarning to’ldirish omili bo’lgan o’tkazgich simning nisbati sezilarli darajada ortadi lekin g’altakdagi tokning oquvchanligi birmuncha kamayadi. Rotor va stator Rotor va stator Rotor o’zagi va qatlamlari o’zaklari quyma baraban 1.1.Rasm. Tarmoqdan oziqlantiriladigan o’zgarmas magnit maydonli barabani alyuminiydan quyma qilib ishlangan rotorga biriktirilgan sinxron dvigatelni ishlab chiqarishning odatiy bosqichlari. Po’latni plastinka holiga keltirilishida hosil bo’ladigan qoldiq qirindilarni kamaytirish uchun turli xil qoliplash (shtampovkalash) dasturlarini ishlab chiqarishga joriy etish mumkin. 1.2 – rasmda ko’rsatilgan tishlar orasidagi masofasi kattaroq va radiusi kichik qilib ishlangan stator tuzilishi boshqa turdagi statorlardan ancha modullari bir yoki birnechta tishlar orqali tartibga solinib belgilangan shaklga keltiriladi keyin esa 1.2-rasmda ko’rsatilganidek 16-maydonli[2,3] o’zgarmas magnit maydonli rotor bilan birga ishlashga mo’ljallangan 18-pazli uch fazali dizaynidagi stator ishlab chiqarish uchun yig’iladi. Bir qarashda konsentratsiyalangan ayniqsa segmentlangan modulli konfiguratsiyaga ega pazining to’ldirish koeffitsienti yuqori va g’altaklarining tugallanishi qisqa bo’lgan cho'lg'amlar (obmotkalar) odatdagi mavjud bo’lgan cho’lg’amlari taqsimlangan mashinalardan asosan past tezlikda ishlatilishi kerak bo’lganda avfzalroqdir. Shunga qaramay bunday umumiy xulosalar chiqarishdan oldin quvvat va tezlik koeffitsientini, isroflarni hisobga olgan holda tizimli taqqoslash, masalan kitobning boshqa bo’limida ko’rsatilganidek keng ko’lamli loyihalash jarayonidagi singari cho’lg’amlarni hamda o’zakning tarkibiy qismlarini nazorat qiluvchi elektron boshqaruv moslamasi o’rnatilishi kerak. 1.2.Rasm. O’zagi yulduzsimon ulangan va konsentratsiyalangan g’altaklari ko’p fazali cho’lg’amni tashkil etuvchi Statorning modulli tuzilishiga misol. Yagona tishli va g’altak modulli turlari ham mavjud. O’z navbatida 1.3 rasmda keltirilgan umumiy maqsadlarda foydalaniladigan uch fazali qisqa tutashtirilgan induksion motor stator o’zagi va o’ramlari, valga ega bo’lgan rotori podshipniklar, qopqoqlarni o’z ichiga olgan boshqa komponentlar bilan 1.4-rasmda keltirilganidek cho’g’amlari konsentratsiyalangan va taqsimlangan statorli o’zgarmas tok sinxron motorlari esa rama va taqsimlash qutisi bilan birgalikda elektr mashinalar ishlab chiqarish uchun yig’ilgan holatda bo’ladi. Shuni takidlash joizki o’zgarmas tok mashinalaridan foydalanilganda induksion mashinalardan ko’ra ko’proq miqdorda solishtirma quvvat hosil bo’ladi. Yuqori samaradorlikga ega bo’lgan magnit materiallari va 100 ot kuchiga ega bo’lgan motorini yaxshi sovitish tizimi orqali yuqori darajada takomillashtirilgan Formula E poyga mashinalari aralash (kombinatsiyalangan) loyihalash texnikasining eng yorqin va muvaffaqiyatli namoyondasidir.[5,6] 1.5-rasmda ko’rsatilgan 18-pazli 16-qutbli ichki konfiguratsiyalangan o’zharmas tok mashinasi elektr tortish motorlarining taqqoslash reytingida Nissan Leaf elektromobilining so’ngi avlodining quvvat beruvchi dvigateliga nisbatan deyarli ikki barobar ko’p bo’lgan aylanish momentining solishtirma zichligiga egaligi bilan rekord o’rnatdi. 1.3 – Rasm. Milliy elektr jixozlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasini standartidagi qisqa tutashtirilgan induksion motorning kengaytirilgan umumiy ko’rinishi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling