Jadval.1.2. Elektr mashinalarning o’ziga xos tipik davomiy foydalanilgandagi hajmga nisbatan moment qiymatlari
Elektr mashina tipi
|
TRV (kNm/ )
|
Butunlay yopiq motorlar – kam energiyali magnitlar(ferrit)
|
5-15
|
Butunlay yopiq motorlar – sinterlangan nodir tuproq magnitlari(NdFeB, SmCo)
|
15-40
|
Butunlay yopiq motorlar – bog’langan nodir tuproq magnitlari(NdFeB, SmCo)
|
10-20
|
O’rtacha quvvatli >5 kW induksion sanoat motorlari
|
5-30
|
Servodvigatellar
|
15-50
|
Aerokosmik mashinalar
|
30-75
|
Suyuqlik bilan sovutiladigan mashinalar
|
75-250
|
Jadval. 1.3. elektr mashinalarning davomli ishlash jarayonidagi tok zichligi qiymatlari.
Shunday qilib, doimiy TRV(momentning hajmga nisbati, torque ratio per volume) quyidagicha aniqlanadi:
Yuqoridagi qiymatlar biz sinterlangan noyob tuproqli doimiy magnitli mashnani tanlashimizni ko’rsatdi, u suyuqlik bilan majburiy sovutish tizimiga ega va mashinaning umumiy o’lchamlari rotor diametri D – 150 mm ya’ni 0.55 270 mm dan foydalanish mumkin.
O’q uzunligi uchun tanlaymiz, shuning uchun mashina motorining o’q ko’rinishi kvadrat profilga ega bo’ladi (D~ ). Stator va rotor o’lchamlarining nisbati o’zgarmas bo’lsa, rotor diametrini oshirish stator pazi chuqurligini, elektr yuklamani va hajmdagi moment nisbatini oshiradi. Stator poketi uzunligining kichikroqligi, katta inertsiya va yuqori kritik tezlikni ta’minlovchi val diametrining kattaroqligi muhim avfzalliklari hisoblanadi.
Huddi shunday, ayni farazlar ostida, rotor diametrining qisqarishi rotor inertsiyasini pasaytiradi va va dinamik javobni kuchaytiradi. Bunday konfiguratsiya yuqori tezliklarda rotorni mexanik kuchlanishini hosil bo’lishi pastroq bo’ladi va mis o’ramlardagi isroflarni kamaytiradi. Val diametrining kichikroqligi podshipniklarni diametrini ham kichikroq bo’lishiga olib keladi bu esa ishqalanish isroflarini kamaytirgan holda tezlikni oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |