I-bob. Elektr mashinalarni loyihalashning asoslari va ishlab chiqarish muammolari


Download 0.6 Mb.
bet7/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1397141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
elektr mashinalarni loyihalash

Rotor qutblari topologiyasi.
8 qutbli rotor rotor yuzasiga o’rnatilgan ( SPM – tashqi doimiy magnit rotor ), yoki rotor magnit o’zagining ichiga o’rnatilgan ( IPM – ichki doimiy magnit motor ) magnitlar bilan loyihalanadi. Tortish jarayoniga tadbiq qilish uchun IPM topologiyasining magnit bloklari to’g’riburchakli prizma shaklida ekanligi, yuqori haroratli profillar va nosozliklar tufayli yuzaga keladigan demagnetizatsiyalanishdan yaxshiroq himoyalanganligi kabi aniq afzalliklari bor.
1.7 – rasmda tanlab olingan V shaklidagi topologiya keltirilgan.



Rasm.1.7. 8- qutbli rotor topologiyasi.
Stator pazlar soni va cho’lg’am topologiyalari.
Statorni laminatsiyalash va cho’lg’amini muvozanatlashtirish pazlar sonini tanlashda ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:

  • Pazlar soni / juft qutblar soni > 1 (aks holda elektr yurituvchi kuch bo’lmaydi)

  • Pazlar soni / fazalar soni / parallel yo’llar soni = butun son

  • Juft qutblar soni / parallel yo’llar soni = 2K bu yerda K – butun son

  • Pazlar soni / fazalar soni / Eng Katta Umumiy Bo’luvchi (EKUB, pazlar, juft qutblar) = butun son.

Yuqoridagi shartlarga ko’ra uch fazali, 8 qutbli rotor 12, 24, 36, 48, 72, 84, 96 pazli stator bilan birga qo’llanilishi mumkin.
150 mm o’lchamda joylashgan stator teshigiga nisbatan, ishlab chiqarish va sovitish tizimi samaradorliginuqtai nazaridan stator pazlari soni 48 ta qilib o’rnatiladi. 1.8 – rasmda ushbu elektr motorning taklif qilingan radial ko’rinishi keltirilgan.


Rasm.1.8. 48 pazli / 8 – qutbli IPM( ichki doimiy magnit motor) mashina ko’rinishi.

Obmotka ( cho’lg’am ) 1.9 – rasmda ko’rsatilgani kabi tanlanadi:



  • Uch fazali, yulduzsimon ulangan

  • Yagona g’altak qatlamli ( amalga oshirishga osonroq va mis pazni to’ldirish koeffietsienti yuqori )

  • Qisqa pog’onali g’altak ya’ni 1-6 to’liq pog’onali g’altak 1-7 ga taqqoslaganda yuqoriroq tartibdagi garmonikalarni yo’q qiladi.

  • Parallel qadamlar ( tarmoqlar ) 2 ta

  • Burulishlar / g’altak = 3

  • Qo’ldagi iplar = 7

  • Sim o’lchami = 1.3 mm




(a) (b)




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling