I-bob. Elektr mashinalarni loyihalashning asoslari va ishlab chiqarish muammolari


Download 0.6 Mb.
bet6/9
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1397141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
elektr mashinalarni loyihalash

1.3.1. STATOR VA ROTOR TOPOLOGIYALARI.
Cho’tkasi bo’lmagan doimiy magnit mashinani loyihalashda stator va rotorni yig’ish tanlanishi mumkin bo’lgan bir nechta konfiguratsiyalar mavjud. Ushbu bosqichda biz faqatgina umumiy diametrlar va o’q uzunligini ko’rib chiqamiz.
Rotorning magnit juft qutblari (p)
Endigi loyihalash jarayonining birinchi qadami magnit juft qutblari sonini tanlash. Belgilangan maksimal aylanish tezligi, 15000 rpm va 1.9 – tenglamaga asoslanib, bir nechta mos raqamlarni ro’yxatga olish mumkin. 1.4 – jadvaldan kelib chiqqan holda biz maksimal asosiy chastotani 1000 Hz deb hisoblaymiz va bu mos ravishda juft qutblar sonini 1,2,3 va 4 gacha cheklaydi.
Jadval.1.4. juft qutblarning soniga ko’ra boshlang’ich chastota qiymatlari

Aylanish tezligi (rpm)

Qutb juftlari soni

Qutblar

Boshlang’ich chastota (hz)

15000

1

2

250

15000

2

4

500

15000

3

6

750

15000

4

8

1000

15000

5

10

1250

15000

6

12

1500

Mos ravishda juft qutblar sonini va afzalliklarini hisobga olgan holda quyidagilarni ko’ramiz:



  • Moment oqimining kamayishiga ko’ra hajm birligiga moment nisbatining yuqoriligi;

  • Stator orqa temiri o’lchamining kichikligi;

  • Misdagi isroflarni va materiallar sarfini kamayishiga olib keladigan cho’lg’amning lobovoy qismi o’lchamlarini qisqartiradi.

Lekin, qutblar sonining ko’pligi ushbu o’tkazgich materiallarda, ayniqsa rotor yuzasiga magnitlar o’rnatilganda, paydo bo’ladigan girdob-tok ta’siri tufayli doimiy magnit qarshilik isroflarini yuqori darajada ortishiga olib keladi.
Qutblar sonining ko’pligi to’yingan o’ramlarda foydalanish uchun juda mos keladigan qisqa qutb qadamini talab etadi. Taqsimlangan o’ramlar uchun, qisqa qutb qadamining foydalanilishi mexanik tebranishlarni shuningdek, akustik shovqinlarni ham ortishiga sabab bo’luvchi pazlar sonining ortishiga olib keladi.
Reaktiv aylanish momenti qutblar sonining kvadratiga teskari proporsional bo’lgan o’ram induktivligiga proporsionaldir. Shuning uchun, qutblar soni ko’p bo’lganda reaktiv aylanish momenti sezilarli darajada kamaydi.
O’zak isroflari va o’zgartirgich isroflarining yuqori chastota tufayli o’ziga hos ravishda ortib ketishi kabi kamchiliklarga nisbatan afzalliklarni hisobga olgan holda juft qutblar soni 4 ga teng bo’lgan dizayn to’g’ri tanlov bo’ladi degan hulosaga olib keladi.
Shunday qilib, biz juft qutblar soni 4 ga teng bo’lgan ( 8 ta magnit qutbli) rotor tanlashga qaror qildik.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling