Mavzu: Dunyo okeanlari
Download 491.19 Kb.
|
Dunyo okeanlari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻsimliklar dunyosi
- Hayvonot olami
Suvning shoʻrligi
Suvning shoʻrligi suv balansiga bogʻliqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 mm suv bugʻlanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 mm yogʻin yogʻadi va quruklikdan 200 mm yogʻinga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 – 1660 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 mm, 60° shahri k.da 780 mm, 60° j. k.da esa atigi 320 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorga eng koʻp – yiliga 1770 mm yogʻin yogʻadi, 20° shahri k.da esa 640 mm, 20° j. k.da 270 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha kengliklarda esa yogʻin miqdori yiliga 1100– 1200 mm ga yetadi. Shunga kura tropik va subtropik kengliklarda suv ayniqsa shoʻr (37,25 ‰), ekvatorda 35 ‰, janubiy oʻrtacha kengliklarda 34 ‰ va Antarktida yaqinida 33,6 ‰ –33,8 ‰, shimoliy oʻrtacha kengliklar gʻarbida 32 ‰, sharqida 35,5 ‰. Atlantika okeanining yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/mі, yuqori kengliklarda 7,5 l/mі gacha. Suv koʻtari-lishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qoʻltigʻida suv koʻtarilishi 18 m ga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland koʻtariladigan joy yoʻq. Atlantika okeanining oʻrta qismida suv koʻtarilishi 1 m ga yaqin, qolgan joylarida 0,5 dan 2,2 m gacha. Koʻplab muz va aysberglar okeanning oʻrta qismiga Shimoliy Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan oʻrtacha chegarasi taxminan. 40° shahri k.dan oʻtadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining janubiy qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil boʻladi. Noyabr-dekabr oylarida aysberglar ayniqsa koʻpayadi va okeanning oʻrta qismida 40° j. k.da, gʻarbiy va sharqiy qismlarida esa 35° j. k.da koʻplab aysberglar uchraydi. Oʻsimliklar dunyosi Atlantika okeani oʻsimlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur boʻlgan qismi (okean tubining 2 %) suv tubi oʻsimliklari (fitobentos) qoʻngʻir, yashil va qizil suvoʻtlardan, shuningdek shoʻr suvda oʻsa oladigan gulli oʻsimliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya)dan iborat. Atlantika okeanining 20° shahri k. bilan 40° shahri k. orasida va 30° gʻ. u. orasida Sargasso den-gizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qoʻngʻir suvoʻtlar nihoyatda koʻp. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 – 50 m li ustki qismida esa ayniqsa koʻp. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvoʻtlardan iborat. 1 mі suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor. Hayvonot olami Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil boʻla boradi. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi boʻlsa, tropik kengliklarda oʻnlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabugʻasimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbaqasimonlar va baʼzan qanot oyokdi mollyuskalar koʻpchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, yaʼni sovuq va moʻtadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va boshqalar) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbakalari, qiskichbakasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poli-plari, ssifoid meduzalar, sifonofo-ralar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan iborat. Download 491.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling