Mavzu: Dunyo okeanlari
Download 0.7 Mb.
|
Dunyo okeanlari1
Gidrologik rejimiTinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil iqlim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shimolidan janubga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilma-xil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shimoliy Tinch okean, Janubiy Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shimoli-sharqiy, janubida janubi-sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shimoliy qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha temperaturasi ekvatorga yaqin joylarda fevralda 26—27°, avgustda 26—28°, Bering boʻgʻozida fevralda —20°, avgustda 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fevralda —10°, avgustda —25°. Tinch okeanida yogʻin miqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000– 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300 mm). Tinch okeanining shimoliy qismida iliq Shimoliy Passat — Kurosio va Shimoliy Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shimolidagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning janubida Janubiy Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi. Suvning shoʻrligi shimoliy va janubiy subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shimoliy moʻʼtadil kengliklarda 30– 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm³ dan 1027 kg/sm³gacha) oshib boradi. Tinch okeani suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon orollari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi. Muzlar Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy (Bering, Oxota, Yapon, Sariq) dengizlarida va Alyaska qoʻltigʻi shimolida qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil boʻladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori janubiy kengliklarda qishda 61—64° j.k., yozda 70° j.k.da koʻp boʻladi. Yoz oxirida aysberglar 46—48° j.k.da ham uchraydi. Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Tinch okeanining flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va boshqa organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻʼtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shimoliy moʻʼtadil va janubiy yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va boshqa, morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okeani faunasining aksari qismi endemik. Tadqiq qilinish tarixi. Tinch okeanini oʻrganish tarixi 3 davr: qadimgi sayohatlardan 1804-yilgacha, 1804-yildan 1873-yilgacha va 1873-yildan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi oʻrganilgan. Tinch okeanining chegaralari, boshqa okeanlar bilan bogʻliqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi davrda Tinch okeani suvining fizik xossalari, chuqur joylari oʻrganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspeditsiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida Tinch okeani tubining relyefi mukammal oʻrganildi, yangi barimetrik va dengiz navigatsiyasi xaritalari yaratildi. Tinch okeani davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspeditsiyalar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilmoqda. Iqtisodiy geografik ocherk. Tinch okeanining jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yoʻllari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini Tinch okeaniga toʻgʻri keladi. Eng koʻp ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabugʻasi, tunetslar, kambalasimonlar. Okeanning shimoli-gʻarbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi toʻplangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. Tinch okeani turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va boshqalarning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga toʻgʻri keladi. Tinch okeani havzasida baliq ovlash boʻyicha bir necha xalqaro konvensiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan. Rutil va sirkonning jahon boʻyicha eng yirik konlari Tinch okeanida Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar Shimoliy Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan. Sharqiy Osiyoda, titanmagnetitli qumlar Yaponiyaning qirgʻoq boʻyi qismida joylashgan. Alyaskaning sohilboʻyidengiz qismi oltin va platinaga boy. Tinch okeanining chuq. 3000 m dan ziyod boʻlgan qismida, asosan, 6° va 20° shu kabi va taxminan 180 va 120° gʻ.u. oraligidagi maydoni 6 mln. km² ga teng zonada temirmarganets konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeanda 120 dan ortiq neft va neftgaz konlari razvedka qilinib, 70% ishga tushirilgan. Asosiy neftgazni — Kaliforniyaning janubiy shelf qismi, Kuk, Guayakil qoʻltiklari, Yaponiyaning garbiy shelf qismi, Boxayvan qoʻltigʻi, Base boʻgʻozi, Malay arxipelagi, Yangi Zelandiya, Bruney, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Peruda. Yaponiya qirgʻoqlari yaqinida okeandan toshkoʻmir olinadi. Tinch okeani okeanda tashiladigan yuklar hajmi va ularning oʻsish surʼati boʻyicha 2oʻrinda. Okeanda eng koʻp neft, yogʻoch materiallar, metall rudasi, oziq-ovqat mahsulotlari tashiladi. Eng muhim transport yoʻllari AQSH va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bogʻlaydi. Suv yoʻli orqali Yaponiyaga toshkoʻmir, oʻrmon mahsulotlari, bugʻdoy, ruda va boshqa yuklar olib boriladi, orqaga avtomobil, elektr apparaturalari, matolar, baliq tashiladi. Amerika-Avstraliya yoʻnalishida ham katta hajmda yuk ortilgan kemalar qatnaydi. Janubiy Amerika mamlakatlarini AQSH va Kanadaning Tinch okeani va Atlantika okeani (Panama kanali orqali) portlari bilan bogʻlovchi yoʻnalish boʻyicha qora va rangli metall rudalar, selitra va boshqa xom ashyo, kon sanoati uchun mashinalar, dastgoxlar tashiladi. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Vonsan (KXDR), Tyantszin, Shanxay, Guanchjou (Xitoy), Yokoxama, Kavasaki, Tiba, Kobe, Osaka, Tokio (Yaponiya), Xayfon, Xoshimin (Vyetnam), Syangan (Syangan), Singapur (Singapur), Sidney, Melburn (Avstraliya), Uellington (Yangi Zelandiya), Vankuver (Kanada), LosAnjeles, SanFransiskoOklend, Sietl, Portlend (AQSH), Kalyao (Peru), Uasko (Chili).[1] HULOSA Okeanlarning bir nechtaga boʻlinishi shartlidir, zero ular bir-biri bilan bogʻlangan va ular yagona Dunyo Okeanini tashkil etishadi Dunyo Okeanining kichik okeanlarga boʻlib koʻrsatilishiga sabab ushbu okeanlar orasidagi qitʼa va materiklar, arxipelaglar hamda suv oqimlari mavjudligidir; bular okeanlar orasidagi chegara, deb tushuniladi. Okeanlar oʻz navbatida dengiz, koʻrfaz, qoʻltiq kabi kichikroq suv havzalariga ajratiladi. Biroq barcha suv havzalari ham Dunyo Okeaniga ulanmagan, masalan, Kaspiy dengizi va Orol dengizi. Geologik maʼnoda, okean okeanosti qobiqning suv bilan qoplangan qismidir. Okeanosti qobiq Yer mantiyasining qitʼasiz qismini qoplagan vulqon bazaltining yupqa qatlamidir. Bu nuqtai nazardan dunyoda uchta mustaqil okean bor: Dunyo okeani, Kaspiy dengizi va Qora dengiz, soʻnggi ikkitasi Simmeriya platosining Lavraziya bilan toʻqnashuvidan yuzaga kelgan. Oʻrta Yer dengizi ham deyarli mustaqil okeandir, lekin u Dunyo okeani bilan Gibraltar boʻgʻozi orqali bogʻlangan. Aslida bir necha million yillar muqaddam Afrika platosi ushbu boʻgʻozni mutlaqo yopib turgan edi. Qora dengiz ham Oʻrta Yer dengiziga Bosfor orqali bogʻlangan, biroq bu kanal atigi 7,000 yil ilgari paydo boʻlib, Gibraltar boʻgʻozichalik katta emas va koʻp suv almashtirishni eplay olmaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling