- 1. Dunyo okeani toponomikasi
- Tinch okeani Amerika va Osiyo qitʼalari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qoʻygan. Magellan bir necha kun davom etgan qiyin va kuchli toʻlqinli suvda, oʻz ismini bergan Magellan boʻgʻozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli toʻlqinlar bitib va oʻzi tiniq suvlar bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" maʼnosini bildirgan "Pasifico" ismini qoʻygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km2 dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir.
- Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507- yilda geografik xaritaga „Atlantika okeani" nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.
- Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B.Diash, X.Kolumb, J.Kabot, Vasko da Gama, F.Magellan, J.Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi.
- „Hind" so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni anglatadi.
- Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv.km.
- Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |