Mavzu: Dunyo okeanlari
V bob. Ekologik muammolarni hal etish yo‘llari
Download 266.96 Kb.
|
Tabiat jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta\'minlashning ekologik jihatlari
V bob. Ekologik muammolarni hal etish yo‘llari
Atrof tabiiy muhit holatining sifatini yaxshilash maqsadida 2030-yilga qadar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: global ekologik muammolarni hal etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublikaning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi sohasida: Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha Monreal protokoli talablarini bajarish yuzasidan yangi tahrirdagi Milliy dasturni va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash; Parij bitimini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar milliy rejasini ishlab chiqish va qabul qilish; manfaatdor davlatlar bilan atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish; O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoliga Kigayli tuzatishiga, Orxus konvensiyasi, Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiya va uning asosiy protokollariga, Sanoat avariyalarining transchegaraviy ta’siri to‘g‘risidagi konvensiya, Simob to‘g‘risidagi Minamat konvensiyasi, Xalqaro savdoda ayrim xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan oldindan asoslangan kelishuv tartib-taomili to‘g‘risidagi Rotterdam konvensiyasi, Atrof muhitga ta’sirni transchegaraviy nuqtai nazardan baholash to‘g‘risidagi konvensiya va Strategik ekologik baholash haqidagi protokol, Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha konvensiyaga Suv va salomatlik muammolari bo‘yicha protokol hamda boshqa xalqaro bitimlarga qo‘shilishi maqsadga muvofiqligini o‘rganish; xalqaro moliya tashkilotlari, donor mamlakatlar bilan uzoq muddatli samarali strategik hamkorlikni ta’minlash, investitsiya loyihalari va xalqaro texnik yordam loyihalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish; chegaradosh davlatlar bilan quyidagi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishni ta’minlash: kimyoviy, biologik, radiologik materiallar ta’siri xavfini kamaytirish; transchegaraviy ekologik muammolar reyestrini va ularni monitoring qilish tizimlarini shakllantirish, transchegaraviy obyektlarning atrof muhitga ta’sirini birgalikda baholash, barvaqt ogohlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; transchegaraviy qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni tashkil etish; atrof muhit sifatining yagona normativlari, standartlarini birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni mintaqa mamlakatlari uchun yagona metodika bo‘yicha tayyorlash; transchegaraviy daryolar havzalarini boshqarish va Markaziy Osiyo transchegaraviy yuza suv oqimlari monitoringining yagona kompleks tizimini yaratish; erlarning cho‘llanish va degradatsiya darajasini kamaytirish, yer maydonlarining sifati va unumdorligini qayta tiklash sohasida: yer resurslarini kompleks rejalashtirish va boshqarishni joriy etish salohiyatini yaratish; o‘rmon resurslari, yaylovlar va chorvachilikni, shuningdek, suv va yer resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash; Orol dengizining O‘zbekiston tomonidagi qurigan tubida dov-daraxtlar ekilgan maydonlarni ko‘paytirish; dalalarni ihotalovchi va qirg‘oqlarni mustahkamlovchi daraxtzor polosalarni yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida supa olish, o‘rmon va mevali daraxtlarni ekish orqali o‘rmon-melioratsiya tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish; agrotexnik ekinlarni parvarish qilishda almashlab ekish keng joriy etilishini ta’minlash; buzilgan yerlarni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish; erlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj tarmog‘ini rekonstruksiya qilish va tiklashni ta’minlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi suv omborlarini qurish; mineral o‘g‘itlarni bosqichma-bosqich organik o‘g‘itlar bilan almashtirishni ta’minlash va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini keng joriy etish; organik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va qabul qilish; ilg‘or xalqaro amaliyotga va JST talablariga mos keladigan agroekologik standartlarni keng tatbiq qilish; suv resurslarini qurib bitish va ifloslanishdan muhofaza qilish sohasida: qishloq xo‘jaligi va kommunal sohada suv resurslari yo‘qotishlarni kamaytirish; qishloq xo‘jaligida suv iste’moli salmog‘ini kamaytirish; sanoat korxonalarining tozalash inshootlari bilan jihozlanishini rag‘batlantirish, shuningdek, sanoatda suv ta’minotining aylanma sikli keng joriy etilishini ta’minlash; aholini markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida: ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarish kamaytirilishini ta’minlash; elektr energiya ishlab chiqaradigan quvvatlarning umumiy tarkibida qayta tiklanadigan muqobil manbalar ulushini ko‘paytirish; binolarning energiya samaradorligini oshirish sohasidagi chora-tadbirlarni, past uglerodli texnologiyalardan (issiqlik nasoslari, qayta tiklanadigan energiya manbalari) va xususiy xo‘jaliklarda yanada toza yoqilg‘i turlaridan foydalanishni rag‘batlantirish; temir yo‘l tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda yo‘lovchi va yuklarni avtotransportda tashishdan temir yo‘llar orqali tashishga o‘tishda ko‘maklashish; transportni gaz ballon yoqilg‘isiga, elektr quvvatiga va boshqa muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, tegishli yo‘l infratuzilmasini tashkil etish; g‘ildirakli transport vositalarining hamda motor yoqilg‘isining “Yevro-6” ekologik toifadagi standartlarini qabul qilish; elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishning solishtirma normalarini ishlab chiqish va qabul qilishni ta’minlash; ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning, shu jumladan iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha kadastrlarini yaratish; ekologik jihatlarni hisobga olgan holda, qattiq pech yoqilg‘isi uchun davlat standartlarini qayta ko‘rib chiqish; issiqlik berish imkoniyatini oshirish va kul chiqarishini kamaytirish maqsadida respublikada qazib olinayotgan toshko‘mirning boyitilishini ta’minlash; transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylarni kamaytirish, magistrallarning yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, harakat tezligi rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yo‘lovchi transporti harakati uchun alohida polosalar tashkil etish, alohida velosiped yo‘laklarini barpo etish hisobiga yo‘l harakatining oqilona tashkil qilinishini ta’minlash; yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qo‘llanilishini ta’minlash; amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qo‘llanilishini ta’minlash; biologik resurslarni saqlash va ko‘paytirish, shuningdek, o‘rmon fondi sifati va hajmlarini oshirish sohasida: barcha tipdagi ekotizimlarni bir xilda qamrab olish va barcha qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tarmog‘ining ekologik bog‘lanishini ta’minlash orqali I — V toifalardagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonlarini ko‘paytirish; noyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklar turlarini genetik banklarda saqlash texnologiyasini joriy qilish; biologik xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan yagona chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, xususan, tabiiy turlarga va qishloq xo‘jaligi ekinlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan begona yot turlarni olib kirish va tarqatishni nazorat qilish; hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlari, qo‘riqlanadigan tabiat hududlarining davlat kadastrlari ma’lumotlari yagona axborot bazasi yaratilishini hamda ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilinishini ta’minlash; shifobaxsh, ozuqabop va texnik o‘simliklarning yovvoyi holda o‘suvchi turlari tabiiy zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish; pitomniklarda yetishtirilgan biologik xilma-xillik obyektlaridan foydalanish va ularni tabiiy muhitdan olish hajmlarini kamaytirishni rag‘batlantiruvchi soliq va boj yig‘imlari tizimini yaratish; yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan hayvonot dunyosi obyektlarini ko‘paytirish bo‘yicha mavjud pitomniklarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish; .
Xulosa Shunday qilib, atrof tabiiy muhit inqirozi kishilar faoliyatini unga ta’sirining uch oqibatlar majmuyi – tabiiy resurslarning kamayishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiat tizimlarining buzilishi mahsulidir. Tabiiy resurslarning kamayib va yo‘qolib borishi hamda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi tabiiy tizimlarning buzilishiga va inqirozlarning kelib chiqishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi inqiroz o‘zaro munosabat muvozanatining barqaror buzilishiga, insoniyatni yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasligiga hamda buzilgan tabiat tizimlarini tiklash imkoniyatlari yo‘qolishiga olib kelmoqda. Chunki tabiatda modda va energiyaning aylanish zanjirida turgan biron-bir tabiiy obyektning yo‘qolishi yoki ifloslanishi natijasida uning kamayib ketishi tabiatni o‘z-o‘zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish va qayta tiklash xususiyatlarini yo‘qotib qo‘yadi. transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylarni kamaytirish, magistrallarning yuklama darajasini pasaytirish, transport oqimi tarkibini, harakat tezligi rejimini, tartibga solish siklini optimallashtirish, yo‘lovchi transporti harakati uchun alohida polosalar tashkil etish, alohida velosiped yo‘laklarini barpo etish hisobiga yo‘l harakatining oqilona tashkil qilinishini ta’minlash; yangidan foydalanishga topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qo‘llanilishini ta’minlash; Ammo bu qonunlar ko‘proq tabiiy muhitni emas, balki feodal mulkni saqlab qolish va muhofaza qilishga qaratilgan edi, xolos. Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat shakli – mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi kishilarning hayot tarzi. Bunda kishilarning har qanday shakldagi ekologik harakatlari davlat tomonidan to‘laligicha qo‘llab-quvvatlanadi. Tabiiy resurslarni kamaytirish va atrofmuhitni ifloslantirish nafaqat fuqarolarga, hattoki davlat idoralari xodimlariga na moddiy va na ma’naviy foyda keltiradi. Download 266.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling