Mavzu: Dunyo okeanlari


III bob. Atrof muhit obyektlarining hozirgi holati


Download 266.96 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi266.96 Kb.
#1497333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiat jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta\'minlashning ekologik jihatlari

III bob. Atrof muhit obyektlarining hozirgi holati
Respublikaning yer fondi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya uchun mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari, shuningdek, zaxira yerlaridan iborat.
1990-yildan buyon, 692,6 ming gektar yer turli sabablarga ko‘ra foydalanishdan chiqarildi. Ayrim ingrediyentlar bo‘yicha fon ko‘rsatkichlariga nisbatan tuproqning ifloslanishi Sirdaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
O‘zbekistonning suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlari, shuningdek, antropogen foydalanishdan qaytadigan suvlar (drenaj va oqova suvlar)dan iborat. O‘rtacha ko‘p yillik jami oqar suv hajmi 114,4 km3ni tashkil etadigan Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy daryolar O‘zbekistonda yer usti suv oqimini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida 17 777 ta tabiiy oqar suv manbalari (Amudaryo havzasida — 9 930 ta, Sirdaryo havzasida — 4 926 ta) va 500 dan ortiq ko‘l bo‘lib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ularning eng kattasi hisoblanadi, shuningdek, prognoz qilingan hajmi sutkasiga 75,5 mln m3ni tashkil etadigan chuchuk suv va biroz sho‘rlangan yer osti suvlari konlarida 26 mingdan ziyod quduqlar mavjud.
Statistik axborotga ko‘ra, 2018-yilda respublika bo‘yicha atmosfera havosiga chiqarilgan jami ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2,492 mln tonnani tashkil etdi, shuning qariyb 63 foizi ko‘chma manbalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi bo‘yicha “O‘zgidromet” tarmog‘i orqali olinadigan so‘nggi yillardagi ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston shaharlarining aksariyatida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan normativlardan past darajadadir.
O‘zbekistonda 1 800 dan ko‘proq konlar va qariyb 1000 ta foydali qazilmalarning istiqbolli joylari, mineral xomashyoning 118 turi mavjud bo‘lib, shularning 65 tasi o‘zlashtirilmoqda.
Respublikada 400 dan ko‘proq ruda konlari, shaxtalar, karyerlar, neft konlari va boshqa korxonalar, 450 ga yaqin suv olish inshootlari, balneologik shifoxonalar, shifobaxsh va shifobaxsh-oshxona suvlarini idishlarga quyish sexlari va zavodlari ishlab turibdi.
O‘zbekistonning butun hududi yovvoyi hayvonlar yashaydigan va o‘simliklar o‘sadigan xilma-xil joylardan iboratdir.
Hayvonot dunyosi salkam 15,7 ming turdan iboratdir (184 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan). O‘simlik dunyosi 11 ming turni tashkil etadi (o‘simliklarning 324 turi va qo‘ziqorinning 3 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan).
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra 2017-yilda respublikada 114,7 mln tonna ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, shu jumladan qayta ishlash mumkin bo‘lmagan zaharli chiqindilar — 41,6 mln tonna (36,2 %) va qayta ishlash mumkin bo‘lgan zaharli chiqindilar — 42,8 mln tonna (37,3 %) hosil bo‘lgan.
Mamlakatda chiqindilar ko‘miladigan va utilizatsiya qilinadigan 296 ta joy, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilar uchun (221), sanoat chiqindilari (16), qurilish chiqindilari (4), shlam jamlanadigan (21), chiqindi omborlari (15), maxsus poligonlar (19), shuningdek, xavfli chiqindilar utilizatsiya qilinadigan 23 ta joy mavjud.

Download 266.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling