Мavzu: Dunyo okeanlari va Yer yuzi suvlari


Download 1.99 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1410678

Мavzu: Yer yuzi suvlari va Dunyo okeanlari.
Navoiy davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti
G.I.B.A yo’nalish talabasi
Qurbonov Jamshidjon
  • Yer yuzi gidrosferasining 96,5% ini tashkil qiladi. Dengiz suvlarining eng muhim xususiyatlaridan biri unda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi 75 xil kimyoviy elementning erigan holda mavjudligidir. Shu sababli suvni tabiatning eng muhim minerali deb ham hisoblaydi. 
  • Dunyo okeani suvida eng ko`p erigan holda uchraydigan boyliklardan biri tuzdir. Qadim zamonlardayoq dengiz suvidan osh tuzi ajratib olishga erishilgan. Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda hozir ham tuz olishda dengiz suvidan foydalanishadi. Umuman, hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha iste`moldagi tuzning 1/3 qismi dengiz suvlaridan olinmoqda.
  • Biz Yer yuzasidagi ma'lumotlarni hisobot berishdan boshlaymiz, suv bilan qoplangan maydon 360,6 million km2, ya'ni 70,7% ni tashkil qiladi. Yerning quruq maydoni 149,7 mln km2, ya'ni 29,3% tashkil etadi.
  • Yer shari suvining 97% shoʻr boʻlib, okean va dengizlarda boʻlsa; qolgan 3% ning 2,2% muz shaklida, Shimoliy va Janubiy qutblarda; Uning 0,6% tuproqning sirt qatlami ostida; 0,1% atmosferada; va uning faqat 0,1% sayyoramiz daryolari va ko'llarida mavjud.Dunyo okeanlari 4 deb tan olingan ular Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlaridir.

Tinch okenani -maydoni 180 mln kv.km bo’lib Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho‘zilgan. Birinchi bo‘lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda Panama bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanni ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan. F.Magellan 1520-1521- yillardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan. Eng chuqur cho‘kmasi Mariana (11 022 m).

Atlantika okeani uzunligi shimolidan janubiga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km (ekvator yaqinida). Maydoni dengazlari bilan birgalikda 91140,8 ming km², oʻrtacha chuqurligi 3332 m, suvining oʻrtacha hajmi 337541 ming km³ (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming km² chiqgan)

Hind Okeanı kattaligi jihatidan dunyodagi uchinchi yirik okeandir. Yer maydonining taxminan 20% egallagan. G’arbdan Afrika va Arabiston yarimoroli, shimoldan Osiyo, sharqdan esa Hindiston yarimoroli, Zond orollari va Avstraliya bilan oʻralgan. Yuzasi Qirmizi dengiz va Fors ko’rfazi bilan birga 73,556,000 km², hajmi 292,131,000 km³-dir.

Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln. km², suvining hajmi 18 mln. km oʻrtacha chuq. 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shim.sharqiy qismida)


Dunyo okeani taqsimlanishi
-Tinch okeani -Atlantika okeani -Hind okeani -Shimoliy Muz okeani
49 %

E’tiboringiz uchun raxmat !!!


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling