Mavzu: Dunyo okeanlari


Download 0.61 Mb.
bet15/21
Sana27.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1068007
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Dunyo okeanlar2

Tadqiq qilinish tarixi
Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan maʼlum boʻlgan: miloddan 1200-yiloldin fini-kiyaliklar, 300 – 100 yiloldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shimoliy Afrika qirgʻoklariga yaqin qismlarida, 9–10-asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15-asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yoʻllarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 −1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vaskoda Gama (1498) sayohatlari alohida oʻrin tutadi. 1520-yil F. Magellan dunyo boʻylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan oʻtgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida maʼlumot berdi. Atlantika okeanini oʻrganishda Xalqaro geofizika yili davrida oʻtkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shundan soʻng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkor-liqda oʻrgana boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan oʻrganilmoqda.
Atlantika okeani iqtisodiy va strategik ahamiyati
Atlantika okeani muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60 %, baliqovlashning 40 % toʻgʻri keladi. Suyuq yoqilgʻi va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa koʻp tashiladi. Atlantika okeani orqali oʻtgan dengiz va havo yoʻllari bir qitʼani ikkinchisi bilan bogʻlaydi. Trans-Atlantika havo yoʻllarining koʻp qismi Shimoliy Atlantika orqali oʻtadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va boshqa poytaxt shaharlarni AQSH va Kanada shaharlari bilan bogʻlaydi. Yevropa bilan Janubiy Amerika orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning koʻpchiligi Atlantika okeani havzasida joylashgan. Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo zaxiralariga boyil Meksika va Biskay qoʻltigʻi,Shim., Karib va Oʻrta dengizlari materik sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qoʻltigʻidan – oltingugurt, Nyufaunlend qoʻltigʻidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirgʻoqlari yaqinidan olmos va boshqa foydali qazilmalar olinadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling