Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Reja
N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan
Download 405.94 Kb.
|
Mavzu Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar-fayllar.org
N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan:
1. Alohida til yoki qardosh tillar guruhiga ega bo‘lgan har qanday xalq yoki xalqlar guruhi – o‘zi mustaqil madaniy-tarixiy turni shakllantira oladi. 2. Madaniy-tarixiy tur xususiyatiga ega bo‘lgan sivilizatsiya o‘zining tug‘ila olishi va rivojlana olishi uchun unga egalik qilgan xalq siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmog‘i lozim. 3. Bir madaniy-tarixiy turning boshlang‘ich sivilizatsiyasi boshqa turga kiruvchi xalqlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Har bir tur o‘zi uchun alohida sivilizatsiyani ishlab chiqadi. 4. Har bir madaniy-tarixiy turda vujudga kelishi aniq bo‘lgan sivilizatsiya gullab-yashnashi uchun ushbu turga kiruvchi xalqlar erkin siyosatga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina bu sivilizatsiya to‘liq ravishda yetuklikka erishgan bo‘ladi. 5. Madaniy-tarixiy turning rivojlanish yo‘li uzoq yashab hayotida bir marotaba hosil beradigan o‘simlikka o‘xshaydi: o‘sish jarayoni uzoq bo‘lib, gullashi va meva berish davri qisqa va bor kuchni sug‘urib oluvchi bo‘ladi. Natijada bu sivilizatsiya so‘nadi. N. YA. Danilevskiy madaniy-tarixiy turda oliy, nihoyasiga yetgan ijtimoiy birlikni ko‘radi. Uning fikricha, biron-bir madaniy-tarixiy turga kiruvchi xalqlarning manfaatlari, xuddi quyi manfaatlar yuqori manfaatlarga xizmat qilishi lozim bo‘lganidek, mazkur turning manfaatlariga bo‘ysunishi lozim. O. Shpengler nazariyasi N. YA. Danilevskiy g‘oyalari bilan ko‘p jihatdan bir-biriga mos tushsa-da, lekin u o‘z nazariyasida «madaniy-tarixiy tur» tushunchasini ishlatmaydi, aksincha, sivilizatsiyani rivojlanish natijasida vujudga keladigan bosqich, ya’ni uni madaniyat ketidan keladigan hodisa, jarayon deb biladi. O. Shpengler yoshini yashab bo‘lgan yoki rivojlanishdan to‘xtab, qotib qolgan 8 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, aynan bugungi kunda G‘arbiy Yevropa o‘zining ma’naviy rivojlanishi yo‘lidagi ijodiybosqichni yakunlab, tugallab bormoqda, shuning uchun olim XX asrni Yevropa nihoyasining boshlanishi, deb izohlaydi. Xullas, N. YA. Danilevskiy va O. Shpengler nazariyalari qiyosan o‘rganib chiqilsa, ulardan: turli xil madaniyatlar bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bir-birini boyita olmaydilar, degan xulosa kelib chiqadi. Bir madaniyat turining ikkinchi bir madaniyat omilidan, kashfiyotidan foydalanishi birinchi madaniyat turiga faqatgina zarar keltiradi. Bunday yo‘l bilan boshqa madaniyat yutug‘idan foydalanish holatining amalga oshishi juda qiyin, chunki boshqa negizda yetishib chiqqan begona madaniy omil odatda qabul qilinmay, rad etiladi. O. Shpengler va N. YA. Danilevskiy g‘oyalari noto‘g‘riligining isboti va dalili sifatida jahon dinlarining mavjudligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tarixdan ma’lumki, din bir hududda vujudga kelib, bir necha hududlarga tarqalgan. Mana sizga yorqin misol! Bir madaniyat turi omili boshqa madaniyat turi tomonidan o‘zlashtirildi va yashab ketdi. Xuddi shu tarzda ko‘pgina tadqiqotlar, ilmiy kashfiyotlar, yozuv, badiiy asarlar, hattoki odob-axloq normalari boshqa xalqlar tomonidan o‘zlashtirilib, foydalanib kelinmoqda. XX asrning 60-yillar oxirida sotsiologlar jamiyatda va madaniyatda yuz berayotgan jarayonlarni izohlash uchun fanda yangi «aksilma-daniyat» va «submadaniyat» tushunchalarini qo‘llay boshlashdi. Aksilmadaniyat deganda, jamiyatdagi mavjud hukmron madaniyatga qarshi qo‘yiladigan yangicha nazariya, qadriyatlar, qarashlar va yangicha ideallar tushuniladi. Ko‘pincha bunday holatga bir qism yoshlar va ziyolilar guruhining zamonaviy g‘arb sivilizatsiyasi bilan bog‘liq yangicha madaniyatni qabul qilmaganligini kiritish mumkin. Xo‘sh, bunday yo‘l bilan g‘arb madaniyatidan bosh tortish, ya’ni aksilmadaniyat holatini keltirib chiqarish qanday yuz berdi? Bunday vaziyatda aksilmadaniyatga – sharqona diniy ta’limga berilish, atayin ongli ravishda g‘arb odob -axloq, xulq-atvor normalariga rioya qilmaslik, ularni rad etish holatlarini keltirib chiqarish kiradi. Bunda aksilmadaniyat – falsafiy, badiiy va ma’naviy jihatdan to‘yinib olib, so‘ngra g‘arbning egoizmga to‘la, ma’naviy saviyasi past madaniyatining qismiga qarshi e’tiroz bildiruvchi «advokat» sifatida vujudga keladi (shuni unutmaslik kerakki, aksilmadaniyatga «advokat» sifatida qarab, uni juda murak-kablashtirib yuborish aksilmadaniyatning asl mohiyatini yo‘qotishga olib kelsa, uni tashkil qilgan e’tirozchi guruhlar esa, jamiyat tuzumiga qarshi bosh ko‘tarishgacha borib qolishlari mumkin. Aksilmadaniyat, odatda,madaniyat niqobi ostida jamiyatdagi mavjud siyosatga qarshi yoki undan qoniqmaslik natijasida vujudga keladi). Download 405.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling