Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Reja


Download 405.94 Kb.
bet6/6
Sana22.12.2022
Hajmi405.94 Kb.
#1043921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar-fayllar.org

Oliy – elitar madaniyat. Elita atamasi (fransuzcha – «eng sara» so‘zidan olingan) – har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv jihatlarini muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlamdir. Elita haqidagi nazariyalar dastavval Platon, Aristotel, Nitsshe va boshqa olimlarning qarashlarida bayon qilingan.
Hozirgi g‘arb sotsiologiyasida elita turli xil talqin etiladi. Bunda elita hokimiyatga intilgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), jamiyatda eng ko‘p obro‘, maqom, boylikka ega bo‘lgan, ommaga nisbatan aqliy va axloqiy ustunlikka ega odamlar (X. Ortega-i-Gasset), jamiyatning noijodiy ko‘pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toynbi), eng malakali mutaxassislar, menejerlar va boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilardir, deb izohlanadi.
Elitar madaniyat deganda, odatda, an’anaviy ijtimoiy-gumanitar va ilmiy-texnik (intellektual) madaniyat tushuniladi. Elitar madaniyat – kam sonli kishilar madaniyatidir. Bu madaniyat turi oliy ta’lim-tarbiya ko‘rgan, maxsus tayyorlangan, ijtimoiy va intellektual kelib chiqishi eng sara, yuqori bo‘lgan kishilarga tegishlidir. Boshqacha aytganda, elitar madaniyat kiborlar –jamiyatning imtiyozli tabaqalariga mo‘ljallangandir. «San’at SAN’AT uchun» qoidasi madaniyatda nafis san’at, mumtoz musiqa, faqat kiborlargina mutolaa qiladigan badiiy adabiyot namuna-larini nazarda tutadi. Bunday madaniyat namunalari murakkab bo‘lib, ular maxsus intellektual – estetik maqomga ega bo‘lgan, yuksak did vakillari uchun yaratiladi.
Ziyolilarning elitar madaniyatga bo‘lgan munosabatlari turli xildir. Elitar madaniyatda tarbiya topgan mutafakkirlarning bir qismi bu madaniyat turini davrning eng sof madaniyati deb hisoblashsa, boshqa
olimlar guruhi bu madaniyat turini umumiy madaniyatning bir yo‘nalishi xolos, deb hisoblaydilar.
Kiborlar – elitar madaniyati boshqa madaniyat turlaridan o‘zining chuqur mazmunliligi, muammolar mohiyatini ochib bera olishi, nozik-nafisligi, mulohaza qildiruvchanligi, butunligi, his-tuyg‘ularga boyligi bilan farqlanadi. Kiborlar madaniyatiga eng sara adabiyotlar, turli san’at asarlari, falsafa, tabiiy, texnik va ijtimoiy sohadagi ilmiy-nazariy tadqiqotlar kiradi. Bu madaniyat turi o‘z ijodkorining jamiyatdagi obro‘si yoki ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, yaratilgan asarning saviyasiga, yetukligiga qarab belgilanadi.
Bu madaniyat turida asarlar badiiy jihatdan yuqori ma’naiyatli, insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan va umumxalq tomonidan tan olingan bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bolsak, zamonaviy texnika va texnologiyalar, ommaviy axborot vositalari jamiki madaniyat turlari, madaniy qadriyatlarning jamiyat a’zolari o‘rtasida keng yoyilishi va mustahkamlanishiga imkon beradi. Elitar madaniyat bilan jamiyat a’zolari, ijtimoiy qatlamlarning barchasi o‘qish jarayonida, ya’ni o‘smirlik davrida tanishtirilsa, kishilarning qalbida qadriyatlarning barcha turlari shakllanib, umrbod muhrlanib qoladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, qaysi davrda, qaysi jamiyatda bo‘lishdan qat’i nazar, kishilarning o‘zlari istagan madaniyat turini tanlash imkoniyatlari erkin bo‘lmog‘i lozim.
Download 405.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling