12 –Amaliy mashg’ulot: Metalga ishlov berish texnologiyasi bo’limini o’rganish
V SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YOʻNALISHI
I bob. ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR (4 soat)
Mehnat jarayonini tashkil etishda texnika va texnologiyalarning oʻrni va roli. Texnika turlari. Texnikaning klassifikatsiyasi va tavsiflari. Texnik tizimlar haqida tushuncha.
II bob. MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (12 soat)
Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Chilangarlik dastgohi va tiskisi tuzilishini oʻrganish. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Metallning turmushda va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati, tuzilishi va turlari, sohalari. Metall va uning qotishmalari. Qora va rangli metallar. Metallarning tashqi koʻrinishi va oʻziga xos belgilari. Metall va uning qotishmalari xususiyatlarini oʻrganish. Asbob-uskuna, moslama va stanok turlari. Metallga ishlov berish turlari (rejalash, kesish, toʻgʻrilash, bukish). Yupqa metallarni rejalash, kesish, toʻgʻrilash, bukishni oʻrganish. Yumshoq simlarga ishlov berish. Yumshoq simlardan halqa hosil qilish. Metall va yupqa simlardan har xil buyumlar yasash. Metall va yupqa simlardan xomut va prujina yasash.
VI SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YOʻNALISHI
I bob. ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR (4 soat)
Zamonaviy materiallarga ishlov beruvchi texnika va texnologiyalar. Maishiy texnika. Xonani tozalash va namlikni saqlashda qoʻllaniladigan maishiy texnika va texnologiyalar.
II bob. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (12 soat)
Metallarning fizik, mexanik va texnologik xossalari. Metallarning turlari, metallarning xususiyatlari, tarkibi, ishlatilish sohalari.
Amaliy mashgʻulot: Metallar va qotishmalarning xossalarini oʻrganish.
Sortli prokatning profillari. Sortli prokatning profillari: kvadrat, oltiqirra, doira, shveller, rels, teng yonli burchak, tavrli toʻsin, ikki tavrli toʻsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |