I bob. ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR (4 soat)
Ishlab chiqarishda sanoat texnikasi. Ishlab chiqarishda (mebelsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat mahsulotlari, poyabzal va boshqalar) qoʻllaniladigan texnika va texnologiyalar.
Loyiha ishi: Ishlab chiqarishda sanoat texnikasi. (oʻquvchi qiziqishi boʻyicha ishlab chiqarish sohalariga oid maʼlumot toʻplaydi va taqdimot tayyorlaydi).
II bob. MAHSULOT ISHLOB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (12 soat)
Poʻlatlar tasnifi. Poʻlatlarga termik va kimyoviy termik ishlov berish. Konstruksion poʻlatlar, asbobsozlik poʻlatlari, uglerodli, legerlangan poʻlatlari.
Amaliy mashgʻulot: Metallarni termik ishlov berish jarayoni bilan tanishish. (Poʻlatlarni markalanishiga va ishlov berish turlariga koʻra tasniflashni oʻrganish).
Metall va qotishmalarga ishlov berishning zamonaviy usullari (mexanik ishlov berish, bosim ostida ishlov berish, kesish (lazer yordamida kesish, plazma yordamida kesish) payvandlash, termik ishlov berish, quyish)
Metallga ishlov beradigan asboblarni sozlash, taʼmirlash va saqlash texnologiyasi. Zubiloni charxlash, bolgʻaga dasta oʻrnatish, chilangarlik arrasi polotnosini oʻrnatish.
Amaliy mashgʻulot: Metallarga ishlov berish asboblarini sozlashni oʻrganish.
Stolga oʻrnatiladigan gorizontal-frezalash stanogi. Stolga oʻrnatiladigan gorizontal-frezalash stanogining tuzilishi, ishlash prinsipi va vazifasi.
Metallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi. Metallarga badiiy ishlov berish usullari va badiiy ishlov berish asboblari. Chekanka va boshqalar.
Amaliy mashgʻulot: Metallarga chekanka usulida ishlov berish texnologiyasi.
Metall materiallarni rezbali biriktirish texnologiyasi. Rezba turlari. Rezbali biriktirish usullari. Rezbali biriktirishning afzallik va kamchilik tomonlari.
Amaliy mashgʻulot: Oyoq kiyimlar uchun taglik buyumini yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |