VIII SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YOʻNALISHI
I bob. ZAMONAVIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR (2 soat)
Oʻzbekistonda xalq hunarmandchiligining turlari, rivojlanish tarixi, istiqbollari. Oʻzbek xalq hunarmandchiligiga asos solgan hunarmand ustalar, uyushmalari, xalq hunarmandchiligining turlari, ish usullari va maktablari. Xalq hunarmandchiligiga oid kasblar.
Xalq hunarmandchiligida foydalaniladigan zamonaviy texnika va texnologiyalar. Xalq hunarmandchiligi sohalari boʻyicha qoʻllaniladigan zamonaviy texnika va texnologiya turlari, texnologik mashinalar, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi.
II bob. MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (4 soat)
Metallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchiligi sohalari. Hunarmand ustalar, ularning ish usullari va yaratgan maktablari. Tunukasozlik. Metall va tunukadan yasalgan buyumlar. Pichoq yasash texnologiyasi.
Amaliy mashgʻulot: Xalq hunarmandchiligi asosida metall va tunukadan turli buyumlar yasash.
IX SINF
TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YOʻNALISHI
2.2. Metallga ishlov berish texnologiyasi (4 soat)
Kandakor va misgarlik hunarmandchiligi. Kandakor va misgarlikda mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi. Mis buyumlarining turlari. Kandakor va misgarlikda mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi. Kandakor va misgarlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Kandakorlik va misgarlikda ishlatiladigan badiiy bezak turlari. Oʻzbek kandakorlik va misgarlik maktablari
Amaliy mashgʻulot: Kandakor va misgarlik hunarmandchiligi usullari asosida turli buyumlar yasash.
Topshiriqlar:
1.5-9 sinflar kesimida yogʻochga ishlov berish texnologiyasi bo’limi mazmuni bilan tanishib chiqing
2. Sinflar kesimida mazmunning uzviylig va uzliksizligini tahlil qiling
3.Ushbu yo’nalishdagi amaliy mashg’ulotlarni sinflar kesimida 1 tadan bajaring
Do'stlaringiz bilan baham: |