Ishlov berish texnologiyasi reja


Download 54.61 Kb.
bet1/7
Sana13.04.2023
Hajmi54.61 Kb.
#1352022
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Servis xizmati bo\'yicha materiallarga ishlov berish texnologiyasi


MAVZU: METALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI


REJA:

  1. Metall turlari va ularning xususiyatlari.

  2. Metallga ishlov berishda o‘lchash, rejalash, dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullari.

  3. Metallga ishlov berish texnologiyasi, metallga ishlov berish asboblarini ichki qismlari sozlash va ta’mirlash.

  4. Metallarga ishlov berishda, qo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlash prinsipi. Metallarni rejalash, arralash, kesish, egovlash va zubila bilan ishlash.

  5. Metallga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar hamda elektr mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar.

  6. Mashina, mexanizm elementlari va turlari, Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish usullari.

Odatda tabiatdagi moddalar shartli ravishda. metallar va metallmaslarga bo‘linadi. Metallar - tabiatda eng ko‘p uchraydigan moddalardir. Ya'ni D. I. Mendeleyev davriy jadvalida ko‘rsatilgan 104ta elementdan 83tasi metalldir. Harorat pasaygani sari elektr tokini o‘tkazuvchanligi ortadigan, issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, bolg'alanuvchanlik va o‘ziga xos yaltiroqlikka ega boTgan elementlar metallar deb ataladi. Metallaming asosiy xossalaridan biri ulaming elektr o‘tkazuvchanligidir. Harorat ko‘tarilishi bilan ulaming elektr o'tkazuvchanligi ortadi. Metallaming issiqlik o‘tkazuvchanligi ham shunday xususiyatga ega. Metallaming muhim xossasi ulaming plastikligi, ya’ni bolg‘alanuvchanligidir, chunki ulami yupqa tunuka (list) tarzida yoyish va sim bo‘lib cho‘zilishi ko‘p jihatdan mana shu xususiyatiga bogiiqdir. Metallarga ishlov berish usullarini qoTlanilishida ulaming ana shu xossalari hisobga olinadi. Barcha metallar ikkita katta gumhga bo‘linadi: qora metallar va rangli metallar. Qora metallar guruhiga temir va uning qotishmalari: cho‘yan va po‘lat kiradi. Dunyoda sanoatda ishlatiladigan metallaming 93% ini qora metallar tashkil etadi.
Tabiiy birikmalardan metallni ajratib olib, uni ishlab, aniq zaruriy xususiyatga ega bo'lgan metallami olish texnologik jarayoni metallurgiya deb aytiladi. Metallurgiyada temir ajratib olinadigan birikmalar temir rudalari deb ataladi. Rudalaming asosiy qismini temir tashkil qiladi. Temir tabiatda eng ko‘p tarqalgan element hisoblanib, yer qatlami og‘irligining 4,7 % ini tashkil etadi. Lekin sof temir yumshoq boTganligidan undan turli qurilmalarni tayyorlab boimaydi.
Shuning uchun mashinalar va boshqa turli xil qurilmalarni tayyorlashda sanoatda, asosan, temir qotishmalari, ya’ni cho‘yan va polatdan foydalaniladi, chunki ulaming xususiyatlari temimikiga qaraganda ancha yuqoridir. Cho‘yan va poTat, asosan, tog‘ jinslari -rudalam i pechlarda eritish yo‘li bilan olinadi.
PoTat haqida.tushuncha. PoTat deb tarkibida 2Д4 % gachauglerod boTgan temir - uglerod qotishmasiga aytiladi. PoTatning tarkibida bundan tashqari doimiy aralashma sifatida oz miqdorda marganes, mis va fosfor kabi elementlar ham boTadi. PoTatning tarkibidagi uglerod miqdori ortib borishi bilan uning mustahkamligi va qattiqligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Shuningdek zarbiy qovushqoqligi, issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi hamda magnitlanish xususiyatlari kamayadi, lekin uglerodning miqdori 1,0 % dan ko'p bo'lsa mustahkamlik ham kamayadi. P oiat tarkibidagi qo‘shimchalar ham foydali yoki zararli bo'ladi. Masalan, marganes, mis va alyuminiylar foydali. Uglerod, fosfor kabilar, agar ko‘payib ketsa, zararli moddalar hisoblanadi. Ular ta’sirida po‘Iatning issiq va sovuq holdagi mo'rtligi ortadi, plastikligi va qovushqoqligi esa kamayadi. Lekin fosfor foydali ham bo'lishi riiumkin. Chunki u poiatga ishlov berishni yengillashtiradi, mis esa poiatni zanglamaslik (korroziyabardoshlik) xususiyatini oshiradi.
Poiatlarning turlari. Poiatlar turlicha boiadi. Masalan: 1) ishlab chiqarish uslubiga qarab: konvertor, marten va elektr poiatlari;
2) kimyoviy tarkibiga qarab: uglerodli yoki legirlangan poiatlar; 3) vazifasiga ko'ra: konstruksion, asbobsozlik va maxsus poiatlar; 4) uglerod miqdoriga qarab: kam uglerodli, o‘rtacha uglerodli va yuqori uglerodli poiatlar boiadi.
Demak, poiatlar olinish usuli va tarkibiga ko'ra bar xil boiadi. Poiatlarning tarkibiga qo shilgan boshqa elementlar ularning turli xossalarini, masalan, qattiqlik, zanglamaslik, olovga bardoshlilik kabi xossalarini oshiradi. Poiatlarning bu xossalaridan texnikada kerakli joylarda qoilaniladi.
Choyanlar va ularning turlari. Yuqorida ta’kidlanganidek, tarkibidagi uglerod miqdori 2,14 % dan ko‘p boigan temir-uglerod qotishmalari cho‘yanlar deb ataladi.
Cho’yan tarkibida uglerod miqdori 4 % gacha, ayrim hollarda esa
6% gacha boiadi. Cho‘yanlar quyidagi belgilariga qarab turlarga boiinadi:

  1. Vazifasiga qarab: qayta ishlanadigan va quymakorlik cho'yanlari.

Strukturasi (tuzilishi)ga qarab: oq, kulrang va oraliq cho'yanlar.

  1. Strukturasi (tuzilishi)ga qarab: oq, kulrang va oraliq cho'yanlar.

  2. Uglerodning cho'yandagi holatiga qarab: kulrang, bogianuvchan (teriluvchan), yuqori mustahkam cho'yanlar.

  3. Metall stmkturasiga qarab: ferritli vaperlitli cho'yanlar.

  4. Kimyoviy tarkibiga qarab: legirlanmagan cho'yanlar; oz, o'rtacha va yuqori legirlangan cho‘yanlar.

Cho'yanlaming xossalari. Qayta quyish cho yanlari, asosan, oq cho'yanlar bo'lib, ularning katta qismi poiat ishlab chiqarishga sarflanadi. Ularga texnik ishlov berib bolg‘alanuvghan cho‘yanlar ham olish mumkin. Quymakorlik cho'yanlaridan }iar xil detallar quyishda foydalaniladi. Oq cho‘yanlardan tayyorlangan quymalar ishqalanishga chidamli boladi. Cho‘yanlar polatlardan tarkibidagi uglerod miqdoridan tashqari yaxshi quyilish xususiyatlari bilan ham ajratib turadi. Ulami oddiy sharoitda bosim ostida ishlab bolmaydi, lekin polatdan arzon. C'ho'yanning tarkibida mis, uglerod, fosfor kabi aralashmalar va nikel, xrom, mis, molibden kabi legirlovchi elementlar ham boladi. Ular cho‘yandagi grafit miqdoriga, bu esa o‘z navbatida uning strukturasi va xossalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari cho‘yanning xossalari uni sovitish tezligiga ham bogliq. Cho‘yanning tarkibida uglerodning ko‘pligi uni erish harorati va kristallanish oraligini kamaytiradi, ya'ni ulaming quymakorlik xususiyatlami yaxshilaydi.
Cho‘yan va polatning asosiy mexanik xossalariga qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik kiradi. Qattiqlik deganda materialning unga ta’sir etayotgan kuch yoki jismga nisbatan qarshilik ko ‘rsatish xususiyati tushuniladi. Elastiklik deb materialga ta’sir etayotgan kuch to'xtagandan keyin materialning dastlabki holatiga qayta olish xususiyatiga aytiladi.
Aksincha boisa, ya’ni materialga ta’sir etayotgan kuch to‘xtagandan keyin materialning dastlabki holatiga qaytmasligi plastiklik deb aytiladi.
Mo‘rtlik deb materialning kuch ta’sirida ilkis sinib ketish holatiga aytiladi. Cho‘yanlar.polatga nisbatan ancha mo‘rt boladi. Jismning qattiqligi oshgan sari uning mo‘rtlik darajasi ham oshib boradi.

Download 54.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling