Ishlov berish texnologiyasi reja
Download 54.61 Kb.
|
Servis xizmati bo\'yicha materiallarga ishlov berish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallga ishlov berishda o‘lchash, rejalash, dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash
Muhokama uchun savollar
Qora metallar deb nimaga aytiladi? Polat deb nimaga.aytiladi? Polatlarning qanday turlari bor? Cho‘yan deb nimaga aytiladi? Cho‘yanlaming qanday turlari Polat va cho'yanning mexanik xossalari nimalardan iborat? Metallar turmushda va texnikada qanday ahamiyatga ega? p o la t va cho‘yandan qanday buyumlar tayyorlanadi? Metallga ishlov berishda o‘lchash, rejalash, dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullan Metallarga qo‘lda ishlov berish moslamalari va asboblari. Odatda metallarga qo'lda va stanoklar yordamida ishlov beriladi. Metallarga ishlov berish bo'yicha bir necha xil kasb turlari mavjud. Masalan metallarga, asosan, sovuq holda ishlov beruvchilar chilangarlar, issiq holda ishlov beruvchilar esa temirchilar deb ataladi. Shunihgdek, qaysi stanokda ishlov berilishiga qarab, tokar, frezalovchi, randalovchi, pardozlovchi kabi kasblar ham bor. Maktab sharoitida o‘quv ustaxonalarida metallarga ishlov beriladi. Metallarga ishlov berishga mo'ljallangan o'quv ustaxonasi ish va o'lchov asboblari, mosiamalar, stanoklar bilan jihozlanadi. Ustaxonada materiallar va zarur ko'rgazmalar ham bo'ladi. Ustaxonada olib boriladigan mashg'ulotlar ish o'mi deb ataluvchi maxsus joy da bajariladi. Ish barcha kerakli asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlanadi. Ish o'mi dastgoh (verstak) deb ataluvchi moslama bilan belgilanadi. Dastgohlar har bir o'quvchining bo'yiga moslanadigan bo'ladi. Maktab o'quv ustaxonasida metallarga, asosan, qo'lda va sovuq holda ishlov beriladi. Shuning uchun ham o'quvchilaming bu sohadagi ishlami chilangarlik ishiga qiyoslash mumkin. Metallarga ishlov berish ishlarini bajarish uchun avvalo ish o'mini jihozlab olish kerak. Maktab o'quv ustaxonasida har bir o'quvchi uchun alohida ish o'mi jihozlanadi. Bu esa o'quvchilami mashg'ulot paytida bir-birlariga xalaqit bennay ishlashlari uchun qulaydir. Har bir ish o'miga chilangarlik ishlarini bajarish uchun zarur bo'lgan asosiy moslama — tiski o'rnatiladi. Tiski ishlov beriladigan buyum yoki detallarni mahkam tutib turishga xizmat qiladi. Ish vaqtida tiskining balandligi har bir o'quvchining bo'yiga moslab olinadi. Buning uchun dastgoh ostiga o'matilgan maxsus tushirish-ko'tarish vintidan foydalaniladi. Agar bunday vintli mexanizm bo'lmasa oyoq ostiga taglik qo'yiladi. Asboblar ish o'mida tartibli joylashtirilishi zarur. Metallarga ishlov berishda bir necha xil asbob-uskunalardan foydalaniladi. Bular o'lchash-rejalash va ish asboblaridan iborat. O'lchash-rejalash asboblariga metall lineyka, buklama metr, chizg'ich, Shtangentsirkul kabilar kiradi. Ular yordamida chiziqli qisqa uzunliklar o'lchanadi va reja chiziqlari chiziladi. Uzunroq o'lchamlar buklama metr yoki ruletka yordamida o'lchanadi. Metall lineyka (jazbar) po‘latdan tayyorlanib, uni yordamida detallaming to'g'ri chiziqli o'lchamlari belgilanadi va tekshiriladi. Chizg'ich - metall qalam bo'lib, uchi o'tkirlangan 3-5 mm diametrli metall sterjendir. Ular asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi, uchlari toblanadi. Chizg'ich zagotovkalarni rejalashda ishlatiladi. Agar zagotovkaga chiziqchalar tortish nomaqbul bo'lsa, zagotovkani timamay iz qoldiradigan latun chizg'ichlardan foydalaniladi. Egri chiziqlar esa ignasi tegishli radiusli aylana va yoylar chizishga moslangan chizg'ich (xatkashlar) yordamida chiziladi. Sirkul yordamida aylanalar, yoylar chiziladi va boshqa geometrik yasashlar bajariladi. Shtangentsirkul vositasida katta radiusli aylana va yoylar rejalanadi. ichki va tashqi diametiiar o'lchanadi. Shtangentsirkul yordamida o'lchamlarni 0,05-0,02 mm aniqlikkacha o'lchash mumkin. O'lchashda qo'zg'aluvchan ramka harakatlanadi, o'lchash tugagach ramkani mahkamlovchi vint burab qotiriladi. Bu asbob bilan o'lchashda aw al shtangadan butun millimetrlar aniqlanadi. Keyin noniusdan millimetrning ulushi aniqlanadi. Bunda shtanga chizig'i bilan noniusning chizig'i to'g'ri kelgan joyi detaining o'lchami bo'ladi. Reysmas vertikal va qiya yuzalarda gorizontal chiziqchalar torlish uchun ishlatiladi. Kerner diametri 8-13 mm li po'lat stetjen bo'lib, u bilan rejalanadigan yuzalarda teshiklarning markaz nuqtalari hosil qilinadi. Kernerning konus uchi 60° burchakli qilib sharxlanadi, Kernerlar asbobsozlik po'latlaridan yasaladi va uchlari qattiq bo'lishi uchun toblanadi. Rejalovcbi asboblaming uchlari yaxshi sharxlangan bo'lishi kerak. Ishni tezlashtirish uchun murakkab konturlar shablonlar yordamida rejalanadi. Burchaklik (go'niya) ishlov berilayotgan detallaming to'g'ri burchakliligini tekshirishda qo'llaniladi. Aniq rejalash ishlari mustahkam asosga o'matilgan va ish yuzasi yaxshi yoritilgan rejalash plitasida bajariladi. Plitani timalishidan va pachoqalanishdan saqlash, zagotovka va asboblar yaxshiroq sirpanadigan bo'lishi uchun uning yuzasiga muntazam ravishda grafit surtib turish lozim. Ish tamom boigandan keyin plita tozalanadi, artiladi va yog'och qopqoq bilan berkitib qo'yiladi. Bulardan tashqari chilangarlik ishlarida egri sirt, aylanalami aniqlash uchun krontsirkul va nutromer kabi asboblar ham ishlatiladi. Download 54.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling