Ishlov berish texnologiyasi reja


Download 54.61 Kb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi54.61 Kb.
#1352022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Servis xizmati bo\'yicha materiallarga ishlov berish texnologiyasi

Muhokama uchun savollar

Metallarga qoida ishlov berishda qanday moslama va asboblardan foydalaniladi?


Metallarga qoida ishlov berishda ish o'mi qanday jihozlanadi?
Oichash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblariga nimalar kiradi?
Shtangentsirkul qanday asbob va undan qanday foydalaniladi?
Kronsirkulning vazifasi nima?
Buyumlar yasashda rejalashning qanday ahamiyati bor?
Rejalash usullari haqida gapirib bering.

Metallga ishlov berish texnologiyasi, metallga ishlov berish asboblarini ichki qismlari sozlash va ta’mirlash
Metallarga ishlov berishda foydalaniladigan ish asboblari ham bir necha turdan iborat. Masalan, zubilo ortiqcha metallni qirqib tashlash, metallami qirqib boiaklash, ariqchalar ochish va boshqa shu kabi ishlami bajarish uchun ishlatiladi. Zubilo ish qismi - keskich, kallak, o rta qismdan iborat. Zubilo bilan metall kesish operatsiyasini bajarish uchun uning kallagiga bolg‘a bilan uriladi va uning keskich qismi metall ichkarisiga kiradi. Zubilo bilan metallni qirqishdan avval ish o'mini tayyorlash, metallni qirqishda esa maxsus holatda turish lozim. bolg‘a dastasini nviridan 20-30 mm beridan, zubiloni esa kallakdan 20- 30 mm pastrog‘idan ushlash kerak. Metallni plita ustida zubilo bilan kesishda zubilo zagotovkaga vertikal (tik) qo'yiladi. Ishni boshlashdan oldin bolg‘aning dastaga mahkamlanganini, zubiloning ishga yaroqliligi va undayoriqlar yo‘qligini tekshirish kerak. Qalinligi 2 mm gacha boigan metallarni bir tomonidan, 3 mm dan qalin boigan metallami ikkinchi tomonidan kesib, keyin sindiriladi. Zubilo bilan kesishda reja chiziqdan 1-2 mm belgilash kerak. Zubiloning oichami (katta-kichikligi) uning kesuvchi qirrasining eniga qarab belgilanadi. Zubilolar kesuvchi qirralarining eni 5, 10, 15, 20 va 25 mm, tig’ining o tkirlik burchagi 45-70° li qilib chiqariladi. Qirqiladigan metallarning qattiqligiga qarab o‘tkirlik burchagi katta boiadi. Zubilolar rubobsozlik poiatlatidan tayyorlanadi va ish qismi hamda muhrasi toblanadi. Kreysmesel zubiloning bir turi boiib, zagotovkalarda tor ariqchalar va pazlar ochish uchun ishlatiladi Kreysmesellar zubilolardan ish qismining shakli va kesuvchi qinasining eni bilan farq qiladi; kreysmesellarda kesuvchi qirra eni 2, 5, 8, 10, 12 va 15 mm bo'ladi.
Bolg'alardan metallami qirqish, to'grilash, egish, parchinlash va boshqa shu kabi ishlarda foydalaniladi. Bolg‘alaming muhralari doiraviy va kvadrat b) boiishi mumkin. Bolg'alaming dastasi quruq, elastik va pishiq yog'ochdan - qayin, zarang, buk (qora qayin), chetan, qizil daraxtlar yog'ochidan yasaladi. Bolg'aga o'tqaziladigan dastaning bolg'aga o‘matilgan uchiga yog'och yoki metall pona qoqiladi. Bolg'alar og'irliklariga qarab bir-biridan farq qiladi, Ular 200, 400, 500, 600, 1000 g og'irlikda tayyorlanadi. Bundan tashqari 50 va 100 g i i kvadrat muhrali bolg'achalar ham tayyorlanadi, ulardan mayda asbobsozlik ishlarida foydalaniladi. 200 grammli bolg'achalardan rejalash ishlarida foydalaniladi; boshqa slesarlik ishlari, asosan, 400 va 600 g og'irlikdagi bolg'achalarda bajariladi. Og'irligi 2 kg dan 12 kg gacha bo'lgan temirchilik bolg'alari ham bo'ladi. chilangarlik bolg'alari asbobsozlik po'latlaridan tayyorlanadi va ish muhralari toblanadi. Tunuka materiallami to'g'rilash va tekislashda yog'och va rezina to qmoqlar ham ishlatiladi.
Nojovkalar (dastaki arra) - po'lat arralar ramka va unga mahkamlangan tishli yupqa polosa - almashtiriladigan nojovka polotnosidan iborat bo'lgan kesuvchi asbobdir. Nojovka, ya’ni metall kesish arrasi qalin metall listlarni, ko'ndalang kesim yuzasi doira shaklidagi materiallami qirqishga va metallarda oraliq ochishga xizmat qiladi. Nojovka ramkalari bikr (ajralmaydigan) va ajraladigan bo'ladi.
Ajraladigan ramka ancha qulaydir, chunki unga uzunligi har xil arra polotnolarini o'matish mumkin. Ramkaning bir uchida dasta va arra polotnosini o'rnatish uchun o'yiq ochilgan qo'zg'almas sterjen; ikkinchi uchida o'yiq va quloqli gaykali tortish vinti bo'ladi va bu vint ana polotnosini taranglashga xizmat qiladi. Arra polotnosi juda qattiq yoki juda bo'sh tortilmasligi kerak. Chunki mana shu ikkala holda ham arra polotnosi sinib ketishi mumkin. Arra polotnosi ramkaga ikkita sulfit yordamida o'rnatiladi.
Dasta nojovka polotnosini mahkamlash va taranglash, shuningdek. arralashda pololnoni u yon-bu yonga harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Nojovkapoloinosidaoldingi burchagi 0-12° vakeyingi burchagi 40° li pona shaklidagi tishlar bo'ladi. Ikki qo'shni tish uchlari orasidagi masofa qadam deb ataladi. Dastaga polotnoning tishlari bosish tomoniga qaratib o'rnatiladi. Dastaki nojovkaiar uchun polotnolar tishlarining qadami 0,8; 1;0; 1,25; 1,6 mm 1i qilib tayyorlanadi. Qadami 0.8 va 1,0 mm bo'lgan polotnolar yordamida yumshoq va qovushqoq materiallar - mis, alyuminiy qotishmalari, latunlar, plastmassalar olinadi; qadami 1,25 va 1,6 mm bo'lgan polotnolar po'lat va cho'yanni unalusli uchun ishlatiladi.
Polotnoning arralanayotgan materialigaishqalanishini kamaytirish uchun ularning tishlari ochiladi. Nojovka polotnolan asbobsozlik po'latlardan yasaladi va termik ishlanadi. Arra bilan aylana detallarni kesish uchun ularni tiskiga mahkamlashda tiskining lablariga yog'och taxtalar qistiriladi va arra polotnosini 45° burchak ostida o'rnatiladi. Dastaki qaychilar vositasida yupqa list materiallar - tunukalar qirqiladi. Har qaysi tig'ining kesuvchi qismidagi sharhlanish qiyaligi qaysi tomonda ekanligiga qarab, qaychilar onaqay va chapaqay turlarga boiinadi. Ko'pchilik ishlar uchun oiiaqay qaychi qo‘l keladi, chunki bu qaychi bilan ishlayotgan kishiga reja chiziqlari yaxshi ko rinib turadi. Qaychi tig'ining o'tkirlik burchagi 65-80° bo'ladi; qaychining tig'lari 0,1-0,2 mm oraliq (zazor) bilan o'matiladi. Qaychilarning tigiari asbobsozlik poiatlaridan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Qalinroq list materiallar, yo'g'onroq chiviq materiallar, qalinroq poiosa va boshqa materiallar richagli qaychi bilan (11-rasm, b), yuritmali mashina qaychi, disk qaychi va boshqa qaychilar bilan qirqiladi. Metallga ishlov berishda egovlardan ham keng foydalaniladi. Egovlar (12-rasm) zagotovkalarning yuzalarini egovlash uchun ishlatiladi. Metallni egovlash - lining yuzasidan egov bilan yupqa qatlamni olib tashlash bo'lib, bundan maqsad metallni kerakli shakl va o'lchamga keltirishdir. Egovlash ikki xil boiadi -xomaki egovlash va silliq egovlash. Egovning yoqlarida o'tkir tishlar kertilgan yoki qirqilgan boiadi. Asosiy keitik egovning o'qiga 65° qiyalatib, yordamchi kertik esa )45° qiyalatib qilinadi. Asosiy kertik tish profilmi hosil qiladi, yor/iamchi kertik esa tishni ayrim qismlarga bo'ladi, buning natijasida qj/indi maydalanib, uning ajralib chiqishi osonlashadi. Egovlar 10 mm tfzu n ligiga to'g'ri keladigan asosiy kertiklar soniga qarab, oltita 'nomerga bo'linadi.
Egov ham kesuvchi tishli asbob hisoblanadi. U metalldan qirindini juda kichik oladi. Egovning tishlari yirik boisa - dag'al, mayda bo'lsa
- mayin egov deyiladi. Egovlar profiliga ko'ra har xil bo'ladi.

Download 54.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling