Ishlov berish texnologiyasi reja


Download 54.61 Kb.
bet5/7
Sana13.04.2023
Hajmi54.61 Kb.
#1352022
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Servis xizmati bo\'yicha materiallarga ishlov berish texnologiyasi

Muhokama uchun savollar


        1. Metallga ishlov beruvchi asboblarga nimalar kiradi?

        2. Metall kesish arrasi qanday qismlardan iborat?

        3. Egovlash necha turli boiadi?

        4. Parmalaming turlarini sanab bering.

Q o i dreli qanday holatda tutib ishlatiladi?

Metallarga ishlov berishda, kui va elektr asboblarining tuzilishi, ishlash prinsipi. M etallami rejalash, arralash, kesish, egovlash va zubila bilan ishlash
Yuqorida eslatilganidek, rejalovchi asboblar chizg'ich, go'niya, sirkul, kerner, xatkash kabilardan iborat boiib, buyum yoki detalni rejalashdan oldin materialning ishga yaroqliligini tekshirish, rejalashni tejamkorlik bilan bajarish, chiqindini kamroq chiqarishga harakat qilish kerak. Rejalashda qunt bilan aniq ishlash kerak, chunki buyumning sifati, avvalo, uni rejalashga bogiiq.
Arra bilan metallni kesish quyidagicha amalga oshiriladi. Kesiladigan material ishlanayotgan paytda surilib, sakrab ketmasligi uchun uni tiskiga mahkam qistirib qo'yiladi. Kesiladigan materialning qattiqligi, o'lchami va shakliga qarab tishlarining kattaligi bo'yicha tegishli arra tanlanadi. lshlovchi o'zining gavdasini va oyoqlarini to'g'ri holatda turishiga e’tibor berishi kerak. Bunda arra ikki q o i bilan ushlanadi va kesilayotgan tekislikka parallel holatda tutib, sakratmay hamda siltamay bir maromda yurgiziladi. Har bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3 qismi ishlashi shait. Arra polotnosining tishlari tez o'tmaslashib qolmasligi uchun ishlovchi uni qarshi tomonga yurgizishda bosib, orqaga qaytarishda bo'shatib tortishi lozim. Arralashdagi tezlik har daqiqada eng kamida 30dan 60 martagacha juft yurishdan iborat bo‘lishi kerak. Metallga bir y o la arraning eng kami ikki-uchta tishi tegib turishi lozim. Arralashda ishni uning o'tkir qirrasidan boshlash man yetiladi. Arralash oxiriga yetay deb qolganda arraga bosimni kamaytirish zarur. Metallni reja bo'yicha kesishda arrani belgi chizig'i bo'ylab yo’naltirish va kesish chizig’i belgi chizig'idan taxminan 0,5 mm oraliqda bo'lishi kerak. Arra bir tomonga yurib qiyshayib ketsa, ishni to'xtatish va kesishni yangi joydan boshlash yoki teskari tomondan arralash lozim.
Metallni qirqish operatsiyasi zubilo bilan ham bajariladi. Zubilo ishchi qism - keskich, kallak. o'rta qismidan iborat. Zubilo kallagiga bolg'a bilan urilganda uning keskich qismi Metall ichkarisiga kiradi. Zubiloning ishchi qismi va kallagi odatda birmuncha karnroq qattiqlikda toblanadi, shunda u bolg'a bilan kuchli zarbalar berilganda qiyshayib va sinib ketmaydi. Zubiloning kallagi konussimon qilinadi va bo rttiriladi. Mana shu shakl zubiloni bolg'a zarbiga chidamliligini orttiradi. Zubilolar U7A asbobsozlik po'latidan yasaladi. Tig'ining kengligi 5 mm dan 25 mm gacha pona shaklida bo'ladi va kerakli darajada o'tkirlik burchagi yo'niladi. Metallni govlash uning yuzasidan egov bilan yupqa qatlamni olib tashlash bo'lib, bundan maqsad metallni kerakli shakl va o ’lchamga keltirishdir, Egovlash ikki xil bo'ladi xomaki egovlash va silliq egovlash. Egov ham kesuvchi tishli asbob hisoblanadi. U metalldan qirindini juda kichik oladi. Egovning tishlari yirik bo'lsa - dag'al, o'rtacha bo'lsa — o'rtacha, mayda bo'lsa - mayin egovlar deyiladi. Egovlar profiliga ko'ra har xil bo'ladi. Bajariladigan ishiga ko‘ra juda mayda tishli va oichamlari ham kichik egovlar nadfillar deyiladi. Egovlash uch xil boiadi:I. Xomaki egovlash. 2. O'rtacha egovlash. 3. Oxirgi silliqlash. Egovlashda ishlovchining gavdasi tiskida zubilo bilan ishlayotgandek holatda turishi lozirrt. Yuzalami egovlashda zagotovka tiskiga to‘g‘ri o‘matilishi va egovlanadigan qismi tiskidan 8-10 mm yuqoriga chiqib turishi kerak. Egovni tekis yuzada uch xil vo'nalishda: chapdan o'ngga, tiskining dasta tomonidan tiskiga va o'ngdan chapga harakatlantirish lozim. egovlashda metall sirtidan chiqadigan qirindilarni cho'tka bilan tozalash, egov dastaga mahkarn o‘matilgan bo‘iishi, dastasiz, dastasi yorilgan egovni ishlatmaslik kerak.
Amaliy ish sifatida biror zagotovkada rejalash va shu reja chiziqlari bo'yicha qirqish. egovlash mashqlarini o'tkazish mumkin.

Download 54.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling