36. Massivlarni qanday turlari mavjud? / eof()funksiyasi qanday funksiya? Misolda ko’rsating.
Talaba: Olimjanov Sardorbek Sobirjon o`g`li
Reja:
Massiv tushunchasi;
Massiv turlari;
O‘qish-yozish oqimlari. Standart oqimlar;
Belgilarni o‘qish-yozish funksiyalari;
Satrlarni o‘qish - yozish funksiyalari;
Fayldan o‘qish-yozish funksiyalari;
Massiv tushunchasi
Biz bu bobni massiv ma’lumotlar turini tanishtirishdan boshlaymiz. Massivlar bir necha qiymatlarni yigʻish uchun C++ da asosiy mexanizm hisoblanadi. Quyidagi bo‘limlarda siz massivlarni qanday aniqlashni va massiv elementlaridan qanday foydalanishni o‘rganib olasiz. Vektorlarni aniqlash deylik siz qiymatlar ketma -ketligini o‘quvchi va ketma-ketlikni chop etuvchi dastur yozmoqchisiz, buning uchun siz eng katta qiymatni quyida berilgan ko‘rinishda belgilang:
32
54
67
29
34
80
115 <= eng katta qiymat
44.5
100
65
Bu qiymatlarni barchasini ko‘rmasdan turib, siz qaysi birini eng katta qiymat deb belgilash kerakligini bilmaysiz. Oxir oqibat, oxirgi qiymat eng kattasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, dastur chop etishdan oldin birinchi navbatda barcha qiymatlarni saqlab olishi kerak. Har qaysi qiymatni alohida o‘zgaruvchida oddiygina saqlasangiz bo‘lmasmidi? Bilsangiz, o‘nta o‘zgaruvchini ya’ni qiymat 1 (value1), qiymat 2 (value2), qiymat 3 (value3), …, qiymat 10(value10 )larni o‘nta o‘zgaruvchida saqlovchi o‘nta kirituvchi mavjud. Biroq, bunday o‘zgaruvchilarning ketma - ketligi foydalanish uchun noqulay. Siz, har qaysi o‘zgaruvchi uchun oddiy kodni o‘n marotaba yozishingizga to‘gʻri keladi. Bu muammoni hal etish uchun massivdan foydalaning: qiymatlar ketma - ketligini saqlovchi struktura (tuzilma).
Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |