Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Reja


Download 75.56 Kb.
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi75.56 Kb.
#1835786
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Reja-fayllar.org

Submadaniyat – turli ijtimoiy guruhlar madaniyatidir. Afsuski, ijtimoiy guruhni tashkil qiluvchi a’zolar (kishilar) o‘zlarinikiga nisbatan murakkabroq, saviyasi balandroq madaniyat ko‘rinishlarini qabul qila olishmaydi, uni tushunishmaydi. Submadaniyatga ijtimoiy qatlamlar – shaharliklar, qishloq aholisi, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, o‘rta qatlam, quyi qatlam va hatto yuqori qatlam kiradi. Gap shundaki, shu qatlamga kiruvchi kishilar faqatgina o‘zlarining qatlamiga tegishli madaniyatni yoqtiradilar, qolgan qatlamlardagi madaniyat turi ularga begonadek, tushunarsiz ko‘rinadi. Chunki submadaniyat har bir o‘ziga tegishli guruhni boshqa guruh madaniyatlaridan «ihota qiladi». Masalan, eng rivojlangan va faol bo‘lgani – yoshlar submadaniyati. Yoshlar submadaniyatining markazini musiqa tashkil qiladi (asosan pop va rok musiqalari). Bu submadaniyatning keyingi elementini esa kiyim, uslub va boshqalar tashkil qiladi.
Ommaviy madaniyat – barcha uchun tushunarli, barcha foydalana oladigan, butun ommani har tomonlama qoniqtira oladigan madaniyat turidir. Biroq XX asrga kelib, falsafa, sotsiologiya va madaniyat-shunoslik sohalari ommaviy madaniyatni boshqacha talqin qila boshladi. Bir qator olimlar tomonidan ommaviy madaniyat, birinchidan, rivojla-nishning muayyan bosqichiga yetgan jamiyat uchun xos xususiyat; ikkinchidan, ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, kino, televi-deniya va boshq.)ning rivojlanishi bilan bog‘liq xususiyat; uchinchidan esa, salbiy holat sifatida izohlandi.
Nega endi salbiy holat? O‘ylab qaralsa, barcha uchun tushunarli bo‘lgan madaniyat ko‘rinishi bo‘lsa, barcha san’atkorlar, madaniyat namoyandalari aynan shunday «ommaviy» darajada xalqqa tushunarli bo‘lishga intilishlari lozimdek bo‘lib tuyulsa-da, lekin ommaviy madaniyatga salbiy munosabatda bo‘luvchilar bu madaniyat turini – rivojlanmagan badiiy didga, jo‘n va sodda ravishda diniy va axloqiy qadriyatlarni tushunishga asoslangan, haqiqiy ma’naviy madaniyatni buzib talqin qiladigan hamda yuksak mumtoz madaniyatni ommaga yaqinlashtirmaydigan, saviyasi past, «egoist» madaniyat deb izohlay-dilar. Odatda, ommaviy axborot vositalari orqali ma’naviy saviyasi past bo‘lgan, arzon, qiymati kam madaniyat ko‘rinishini omma ongiga singdirib, so‘ngra uni sotish yo‘li bilan daromad topish maqsadida ommaviy madaniyatdan foydalaniladi.

Download 75.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling