Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar
Download 0.57 Mb.
|
Moʻminov Feruz
Miflarning xususiyatlari
Bundan tashqari tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov ta'biri bilan aytganda, “o‘rta asrlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega ekanligi bilan bir tomondan, jami ruhiy-ma'naviy qudrat, aqlu-zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan, shu cho‘qqiga intilib, muayyan martabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan.”17 Jalololiddin Jaloliddin Rumiy barcha tasavvuf ahli bilan uyg‘un holatda komil inson haqida fikr yuritgan va bu haqdagi ta'limotini o‘z asarlarida bayon etgan.
Uning asarida asl inson, xos inson va haqiqiy inson tushunchalari bor. Bular ichida haqiqiy inson eng komil inson deya ta'riflangan. Darhaqiqat, o‘tmish allomalarimizning asarlarini, ta'limotlarini o‘rganish va ularni zamonaviy metodlar asosida tadqiq va tahlil etish qanchalik sharafli ish hisoblansa, uning mas'uliyati ham shunchalik zalvorlidir. Biz ham mazkur nomzodlik Bitiruv malakaviy ishimizda yuqorida ta'kidlab o‘tganimiz, ajdod mutasavviflarimizdan biri Mavlono Jaloliddin Rumiy ijodini, xususan komil insonni tarbiyalashga qaratilgan tasavvufiy konsepsiyasini ilmiy falsafiy tadqiq va tahlil qilish qanchalik mas'uliyatli bo‘lsa, u shunchalik darajada murakkab hamdir. Avvalombor, ushbu murakkabliklar nimada ko‘rinadi? Birinchidan, uning ta'limotiga munosabatda turli-tuman qarashlarning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchidan uning so‘zlarini, qarashlaridagi ma'no va maqsadni turli olimlar tomonidan turlicha tushunilishidir. Mashhur Rumiyshunos olim Gulpinorli ta'biri bilan aytganda, Rumiy asarlari ma'no jihatidan ham, maqsad jihatidan ham eng murakkab asarlar sirasiga kiradi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling