Mavzu: Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Download 6.07 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.07 Kb.
#1840205
Bog'liq
FALSAFA MUSTAQIL ISH


Andijon mashinasozlik instituti Elekrtotexnika fakulteti
ETEA yo’nalishi k_96_21 guruh Mirzarahmonoʻv Husniddinning
FALSAFA fanidan
Mustaqil ishi

Mavzu:

Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar

Reja:

  • Dunyo xalqlari madaniyati
  • Madaniyatdagi Umumiyliklar
  • Madniyatlar faqlari

Dunyo xalqlari madaniyati

  • Jahon madaniyati – butun dunyo xalqlari madaniyati, insoniyatning tarixiy taraqqiyot davomida yaratgan va yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklari majmuini ifoda etadigan tushuncha. "Madaniyat" atamasi jahon ilmiy adabiyotlarida rangbarang ma’nolarda ifodalanadi.

Dunyo xalqlari madaniyati

  • o‘arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan boshlab hozirgi mazmunini kasb etgan, jahon ilmiy adabiyotlarida unga nihoyatda xilma-xil ta’riflar berilgan. Turli talqinlarga qaramay, madaniyat tushunchasi qadimdan to bugungi kungacha o‘z mohiyatini yo‘qotmagan umuminsoniy hodisadir.

Dunyo xalqlari madaniyati

  • Jahon madaniyati moddiy va ma’naviy sohalar – tasviriy va amaliy san’at, teatr, kino, musiqa, raqs, qo‘shiqchilik, me’morchilik, adabiyot, ilm-fan, axloq, din, siyosat, mafkura, falsafa va hokazodan iborat. Jahon madaniyati fanda ibtidoiy, an’anaviy, o‘rta asr va texnogen kabi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi:

Dunyo xalqlari madaniyati

Madaniyatdagi Umumiyliklar


Madaniy turmush ancha ilg'or sharoitiga yetishgan bosqich ko'pincha “tsivilizatsiya“ degan nom bilan ham yuritiladi. Ammo madaniyat va sivilizatsiya aynan bir–biriga teng tushuncha emas. Madaniyat sinfiy jamiyatgacha bo'lgan davrda ham mavjud edi. Sivilizatsiya – insonlarning yovvoyi, ibtidoiy hayotdan qabila, millat, xalq bo’lib birlashuvi asosida yuzaga keldi. Keyinchalik har ikkalasi bir-birini to'ldirib bordi.

Madaniyatdagi Umumiyliklar


Sivilizatsiya ko'proq moddiy madaniyatga, mehnat qurollari va ishlab chiqarish unumdorligi, jamiyat va davlatni boshqaruvchi qonunlar rivojiga nisbatan qo'llanadi: Yevropa sivilizatsiyasi, antik sivilizatsiya, xristian sivilizatsiyasi, musulmon sivilizatsiyasi, Sharq sivilizatsiyasi va hokazolar.

Madaniyatdagi Umumiyliklar


Madaniyat va sivilizatsiya - o'tmish mahsuli, ayni paytda kelajak uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Madaniyat insoniyatning moddiy aqliy, siyosiy, badiiy faoliyati sifatida yuzaga keldi. Inson yovvoyi hayotdan sivilizatsiyalashgan hayotga o'tganda, madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy madaniyat davrini ba'zi olimlar jamiyat davri deb ham ataydilar.

Madaniyatdagi Umumiyliklar

Madniyatlarning farqlari


Madaniyatlar toʻqnashuvi yoki Tamaddunlar toʻqnashuvi Sovuq urushdan keyingi dunyoda xalqlarning madaniy va diniy xususiyatlari mojarolarning asosiy manbasi boʻlishi haqidagi teoriya. Amerikalik siyosatshunos Samuel Huntington keyingi urushlar mamlakatlar oʻrtasida emas, balki madaniyatlar oʻrtasida boʻladi, degan fikrni ilgari surgan. Olim bu fikrni 1992-yil Amerika tadbirkorlik institutida soʻzlagan nutqida ilk bor taqdim etgan. 

Madniyatlarning farqlari


Muloqotdagi madaniy farqlar muloqotchilarning bir-biri bilan ma’lumot almashishi o’rtasidagi farqlar bilan bog’liq bo’lib, ular o’zlarining madaniyatlaridagi farqlardan kelib chiqadi. Bu qarama-qarshiliklar har bir muloqotchining fikrlash va o’zini tutish uslubida namoyon bo’ladi, shuning uchun ular muloqotni va uning natijalarini o’zgartiradi.

Madniyatlarning farqlari


Bir-biri bilan geografik yoki tarixiy jihatdan bog’langan ko’plab jamiyatlar o’xshash madaniyatlarga ega bo’lsa-da, uzoq, ijtimoiy jihatdan uzilgan joylarda keskin farq qiluvchi madaniy xususiyatlarga ega bo’lgan boshqalar ham bor. Misol uchun, ba’zi ijtimoiy guruhlar og’zaki va yozma muloqot qobiliyatini o’z ichiga olgan tilni o’rgangan bo’lsa, boshqalari o’z tillarini ming yillar davomida tabiiy ravishda rivojlantirdilar. Binobarin, muloqotga ta’sir etuvchi madaniy xususiyatlarni barcha madaniyatlar o’rtasida taqqoslab bo’lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Karimov I. A., Oʻzbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996; Maʼnaviy yuksalish yoʻlida, T.,1998; Xayrullayev M. M., Shorahmedov D.A., Madaniyat va meros. T., 1973.

Download 6.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling