Mavzu: Dunyo xalqlari miflari haqida ma'lumot Reja
Download 8.2 Kb.
|
Mavzu Dunyo xalqlari miflari haqida ma\'lumot Reja-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Dunyo va xudolarning paydo bolishi
Mavzu: Dunyo xalqlari miflari haqida ma'lumot Reja Mavzu:Dunyo xalqlari miflari haqida ma'lumotReja:1.Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha2.Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar3.Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini4.Dunyo va xudolarning paydo bo'lishiOlamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalar Tayyorladi: Isomiddinova DilruhOlamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalarTayyorladi: Isomiddinova DilruhReja:Mif va uning turlari haqida umumiy tushunchaQadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlarTurkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqiniDunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalariMif nima?Mif (yunoncha mithos—rivoyat, afsona, asotir) — qadimgi odamning olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaralishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, inson, hayvonot va nabotot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabab va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, iloh va maʼbudlarhaqidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan.Miflar odamning voqelikka nisbatan ongsiz emotsional munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimiy tasavvurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, miflar yaratilgan va ommalashgan joyda oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan hayotda boʻlib oʻtgan haqiqiy voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimiy odamning olam to`g`risidagi tasavvurlarini oʻzida aks ettirgan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha. Ular, asosan, ogʻzaki ijroorqali hikoya qilingan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy urf-odat va marosimlarning asosini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan.. Qadimiy tasavvurlar asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi namunalaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks etgan.Mif quyidagi turlarga bo`linadi:ibtido haqidagi miflar(olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida); samoviy miflar(osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqida);antropogenik miflar(gʻayrioddiy xislatga ega afsonaviy pahlavonlar: Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqalar); sigʻinish – e’tiqod miflari(muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq: xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqida); etnogenetik miflar(urugʻ-qabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador: 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi); kalendar miflar(yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq: ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar); esxatologik miflar(olamning intihosi haqidagi: oxirzamon to`g`risidagi miflar).Download 8.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling