Mavzu: Koinot tadqiqotlarini rivojlanish tarixi: birinchi kosmik parvozlardan Marsga zamonaviy misiyalargacha
Download 24.08 Kb.
|
Koinot esse
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism.
Mavzu: Koinot tadqiqotlarini rivojlanish tarixi: birinchi kosmik parvozlardan Marsga zamonaviy misiyalargacha Kalit so’zlar: dastlabki tasavvurlar, samo jismlari, “koinotning boshlanishi”, chang, quyosh sistemasi, olam yaralishi, gipoteza va tushunchalar. Kirish. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda koinot deb tushungan. Asosiy qism.Koinotning chek-chegarasi bo`lmasa kerak. Boz ustiga, u tobora kengaymoqda, ya'ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, yulduzlar va quyosh sistemalari o`z o`rnini ozgartirib, barcha yo`nalishlar bo`yicha markazidan uzoqlashib bormoqda. Hatto eng zamonaviy astronomik vositalarning ham butun Koinotni qamrab olishga kuchi yetmaydi. Vaholonki, ular bizdan 2 milliard yorug`lik uzoqligida bo`lgan yulduzlar nurini ham ilg`ash quvvatiga ega. Balkim, o`sha yulduzlar so`nib ketgan bo`lishi mumkin, lekin teleskop ularni ko`radi (sababi, ularning shu'lasi Yerga yetib kelgunga qadar milliardlab yillar o`tadi). Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning ko`lamini yorug`lik yillari bilan o`lchashga majbur bo`lishadi. Yoruglik yili yorug`lik bir yil davomida bosib o`tadigan masofani anglatadi. Yorug`lik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorug`lik yili 9 500 000 mln. km.ga teng. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda koinot deb tushungan. Bizni o`rab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida bo'lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. O'z hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, adog`i ham yo`q. Ko`pchilik olimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd. yil muqaddam sodir bo`lgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar «Katta Zarba» deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, o`sha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. XIX asrda rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va boshqa olimlar koinotni tadqiq etishda yangilik – yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻldi. Faqat XX asrning 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi. Koinotni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga olib keldi. Masalan, Mars, Yer, Oy, Venera, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik –tabiiy muhit, yer resurslari, geografiya, geologiya, okeanshunoslik va boshqa masalalarni oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi – Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obyektlarni kuzatish imkonini beradi. 1963-yilda kashf qilingan kvazarlar bundan ham uzoqda joylashgan. Koinotning oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi. Koinotdagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq koinotda oʻta zich tabiatli („qora tuynuk“), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obyektlar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi faol galaktikalar). Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki – 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki – 10 mlrd. yilni tashkil etadi. Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari hamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin – millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin. Ilgari koinotdagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va boshqalar) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion linzalar kashf qilindi. Koinot massasining asosiy qismi galaktikada toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar qachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat beradi. KOINOT CHEKSIZMI? Odamzot Koinotning haqiqiy o`lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog`li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho`zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer —Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi. Bizning butun Quyosh sistemamiz o`z navbatida «galaktika» deb ataluvchi boshqa bir katta sistemaning kichik qismidir. Galaktika million-million yulduzlardan tashkil topgan bo`lib, o`sha yulduzlarning ko`pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o`z quyosh sistemalariga ega. Shunday qilib, biz Somon yo`li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi «quyoshlar»dir. Ularning o`rtasidagi masofa kilometrlar bilan emas,yoruglik yillari bilan o`lchanadi. Yorug`lik bir yil davomida 9 500 000 000 000 km masofani bosib utadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz bo`lmish Sentavr Alfasi Yerdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan. O`z navbatida bizning galaktikamiz ham undan-da kattaroq sistemaning kichik bir bo`lagidir. Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo`lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o`rtasidagi masofa 2 000 000, eng uzog`i bilan bizning galaktikamiz o`rtasidagi masofa esa trillionlab yorug`lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma'lum bo`lgan Koinotning faqat bir bo`lagidir. Haqiqatda esa uning o`lchamlari bundan ham katta bo`lishi mumkin! Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bizni o’rab turgan olam sir –sinoatlarga to’laligi, koinotni anglash haligacha insoniyat oldida turgan eng kata yechimini topolmayotgan masalalardan biri. Turli gipoteza va tasavurlargina bizga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Bu esa insoniyatni koinot sirlaridan bohabar bo’lishga undaydi. Download 24.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling