Mavzu: dunyodagi texnogen halokatlarni kelib chiqishida radiatsiyaning o’rni. Reja : Radiatsiya va radiatsiyaviy avariya haqida tushuncha. Radiatsion nurlarning texnogen tasiri Radiatsiya


Download 17.44 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi17.44 Kb.
#1710164
Bog'liq
DUNYODAGI TEXNOGEN HALOKATLARNI KELIB CHIQISHIDA RADIATSIYANING O’RNI


MAVZU: DUNYODAGI TEXNOGEN HALOKATLARNI KELIB CHIQISHIDA RADIATSIYANING O’RNI.


Reja :
1.Radiatsiya va radiatsiyaviy avariya haqida tushuncha.
2. Radiatsion nurlarning texnogen tasiri


Radiatsiya (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. Radiatsiyaningning tirik organizmga taʼsiri radiatsiya dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. Radiatsiya miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha radiatsiya kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi radiatsiya organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. R. dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va boshqalar) va boshqa ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.Berk nurlanish manbalari (germetik nurlanish manbalari, rentgen qurilmalari, tezlatkichlar va boshqalar) dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish taʼsir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obʼyektni ekranlash kerak.Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoʻli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin). Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyasiya tizimlariga filtr qoʻyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur.Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi.
Radiatsiyaviy avariya - uskuna nosozligi, xodimlarning xatti harakatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqishi mumkin. Natijada fuqarolarning belgilangan me’yorlardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga, boshqaruvning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu halokatlarning uch turlari ma’lum: -bir joyda – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan nosozlik tufayli radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chegarasi bo‘lib tashqariga chiqmagan; - mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori bo‘lib, sanitar himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z miqdoriga ko‘ra shu radiatsion himoya inshooti uchun belgilangan me’yoriy miqdordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi. 53 -umumiy- radioaktiv himoya inshootida sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, halokat katta hududga tarqalishi va odamlarni nurlanishiga olib keladi.
radiatsiya nurlanish kasalligiga va saratonga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin har doim ham emas. Radiatsiyaning organizmda qanday aks-sado berishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu nurlanishning turiga bog‘liq. Radiatsiya – ionlanuvchi nurlanish energiyasining bir turi bo‘lib, u atomlardan elektronlarni urib chiqarib yuborishga va ularni ionga aylantirishga qodir kuchga ega. Shu sababli nurlanish tufayli DNK hamda hujayra membranasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita zarar yetishi mumkin.

Ionlanuvchi nurlanishlar ham har xil bo‘ladi:

alfa-nurlanishlar odam tanasiga kiyim-bosh hamda teri orqali ham kirib kela oladi. Alfa-nurlanish tashuvchi radionuklid tanaga og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali yoki ochiq yaralar orqali tushgan hollarda zarar yetkazadi;
- beta-nurlanish oddiy g‘ishtin devor yoki yog‘och orqali o‘tib keta olmaydi, lekin odam terisidan bemalol o‘ta oladi. Biroq teri orqali o‘tgan beta-nurlar asosiy hayotiy muhim ichki organlarga yetib bora olmaydi. Buning ham zarari faqat nafas yo‘llariga tushganda va ochiq yaralarga tushganda kuzatiladi;
- gamma-nurlanish organlarga juda ko‘p to‘siqlarni oshib o‘tib ham yetib bora oladi. Bunday nurlarni juda qalin beton devor yoki bir necha santimetr yaxlit qalinlikdagi og‘ir metall to‘sib qola oladi xolos.
Ionlanuvchi nurlanishlar manbai turli radionuklidlar bo‘lishi mumkin. Masalan, seziy-137 o‘zidan beta va gamma-nurlar taratadi.
Nurlanishni keltirib chiqaradigan manbalar ichida eng xavfli va kuchlisi yadro Portlatishlaridir. Yadro portlashida tovushdan tez tarqaluvchi zarba to‘lqini, uning Ortidan hamma narsani kulga aylantiruvchi issiqlik to‘lqini impulsli xarakterga ega. Ulardan so‘ng radiatsiyaning tarqalishi oqibatida bo‘ladigan o‘lim va zararlanish Jarayoni o‘nlab yillar davomida kuzatiladi. Yaponiyada (Xerosima va Nagasaki Shaharlari) 1945 yil AQSH tomonidan portlatilgan yadro bombasidan zararlanishlar Ta’siri hozir ham kuzatilmoqda, mayib-majrux tug‘ilayotgan chaqaloqlar unga misol Bo‘ladi. Ukrainada Chernobil AES avariyasidan tarqalgan radioaktivlik hozir ham Ayrim hududlarda saqlanib qolgan. Yaponiya atom (2011y.) elektr stansiyasidagi
Avariya ta’siri Koreya yarim oroli atrofida baliqlar tanasida va AQSH hududidahavodagi chang tarkibida kuzatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar borligi radiatsiya bilan bog‘liq xavflarga e’tiborni kuchaytirish kerakligini bildiradi.Dunyo jamoatchiligi radiatsiya xavfidan xabardor bo‘lsada ayrim mamlakatlar yadro qurollari yaratishda davom etmoqdalar. AQSH da 1054, SSSRda 715, Fransiyada 196, Buyuk Britaniyada 45, Xitoyda 45, Hindiston va Pokistonda 5 martadan yadro qurilmalari portlatilgani ma’lum. Hozirgacha er yuzida 170 dan oshiq yadroviy avariyalar sodir bo‘lgan. Har biri turli darajadagi salbiy oqibatlar keltirgan. Hozirgacha dunyo mamlakatlarida yaratilgan bir necha ming yadro qurollari er yuzidagi barcha tirik mavjudodlarni bir necha marta yo‘q qilib yuborish quvvatiga ega, hatto er sharini o‘z o‘qidan chiqarib yuborish ehtimoli bashorat qilinadi. Radioaktiv moddalardan tinchlik maqsadlarida foydalanish keng rivojlanmoqda. Energetika va boshqa maqsadlarda yadro parchalanish jarayonidan foydalanib kelinmoqda, xususan, O‘zbekistonning “O‘rta buloq” (Buxora viloyati) va “Pamuk” gaz konlarida 1532 m va 2440 m chuqurliklarda yong‘inni o‘chirish maqsadida yadro portlatishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. O‘zbekistonda asosan 27 ta uran konlari (ular 40 atrofida sanaladi) ishga tushirilgan. Respublika uran eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bu albatta ma’lum texnologik jarayonlarni amalga oshirish bilan bajariladi. Ular ham potensial xavflarga ega. Bir asrdan ko‘proq vaqt muqaddam, 1895 yilda nemis fizigi Wilgelm Conrad
Dunyodagi birinchi atom energetik qurilmali “Lenin” nomli Muzyorar kema stapellardan suvga tushirildi. Bugungi kunda dunyoda elektr va Issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi, suv usti va suv osti kemalarini Harakatlantiruvchi, ilmiy maqsadlarda ishlovchi yadro qurilmalarga ega bo‘lgan Ko‘plab obyektlar faoliyat yuritadi.Amerikalik “tamaddunchilar” tomonidan yadroviy qurolni yaratilishi va yapon Shaharlarini bombardimon qilinishi, NATO harbiy blokini shakllantirilishi va sobiqSovet Ittifoqi tomonidan javob choralarini ko‘rilishi natijasida mamlakatlar tomonidan yadroviy potensialning taraqqiy ettirilib o‘stirilishiga va qurollanish poygasini avj olishiga va 2000 dan ziyod sinov yadro portlashlari uyushtirilib, sayyoramizni jiddiy ravishda radiatsion zararlanishiga olib keldi.Yadro energetikasining yarim asrlik rivojlanish tarixi mobaynida atom elektr stansiyalari (AES)da og‘ir oqibatlarga olib kelgan to‘rtta yirik avariyalar 1957, 1979, 1986, 2011 yillarda sodir bo‘ldi. Jami dunyoda 150 dan ziyod, shu jumladan suv osti atom kemalarida, yadroviy energetik qurilmali sun’iy yo‘ldoshlar va xokazolarda turli darajadagi murakkab va xavfli noxush hodisalar va avariyalar sodir bo‘ldi.1957 yil 8 oktyabrida Uindskeyl (Angliya)da profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda AESning reaktorlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi va issiqlikni chiqarib yuboruvchi elementlar zararlandi. Atmosferaga radionuklidlar chiqib bulut hosil bo‘ldi va uning bir qismi Norvegiyaga ikkinchi qismi esa Venaga etib bordi. Bu atom energetikasidagi aholiga zarari tekkan birinchi avariya edi. Avariyaning oqibatlarini puxtalik bilan yashirishdi, biroq faqat 30 yil o‘tgandan so‘ng ba’zi tavsilotlar ma’lum bo‘ldi.1979 yil 28 martda Garrisberg (AQSH)dagi «Tri Mayl Aylend» atom elektrostansiyasining ikkinchi blokida avariya sodir bo‘lib, oqibatda atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalib ketdi. 100 tonna parchalanuvchi moddadan deyarli 10 tonnasi faol hudud chegarasidan tashqariga tarqalib ketdi. Ikki kun mobaynida 3 km radiusdagi hududdan 80 ming aholi evakuatsiya qilindi.Chernobil katastrofa (falokati, halokati, fojea)si (1986 yil 26 aprel) asr fojeasi bo‘lib, u nafaqat Rossiya, Ukraina, Belorussiya hududida, balki boshqa davlatlarda xam sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Xattoki 1990 yildagi sobiq SSSR Oliy Sovetining qarorida qayd etilishicha: “Chernobil AESidagi avariya ko‘rsatgan oqibatlarining jamlanmasiga ko‘ra hozirgi zamonning eng yirik katastrofa (halokat, falokat, fojea)si, umumxalq fojeasi(musibati, ofati) bo‘lib, ulkan hududlarda yashovchi millionlab odamlarning taqdiriga fojeali ta’sirini ko‘rsatdi”. O‘n bir viloyatda yashovchi 17 million aholi, ulardan 2,5 millioni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar zararlangan hududda qolib ketishdi. Shu jumladan qat’iy (qattiq) radiatsion nazorat hududlarida – Gomel, Mogilyov, qisman Bryansk, Jitomir, Kiev va Chernigov viloyatlarida 1 mln. Aholi Qolib ketdi. Aholining ko‘pchiligi nafaqat radiatsiyaning zararli ta’sirini o‘zlarida xis Etishidan a’ziyat chekishdi, balki odamlar o‘zlari doimiy istiqomat qilgan joylaridan, Uylaridan ko‘chib, umri davomida yiqqan mol mulki, o‘rgangan muhitidan ayrilib Jabru jafo¸ zarar ko‘rishdi. Shuni xam esdan chiqarmaslik kerakki, Chernobildagi Avariyani bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan yuz minglab odamlar uchun xam bu Ishlar izsiz, zararli ta’sirlarsiz o‘tgani yo‘q.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.I.A. AXMEDOV, N.S. SAIDXO‘JAEVADarslik 5640100 – «Hayot faoliyati xavfsizligi» va5640200 “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”



2.https://uz.wikipedia.org.
3.http://fayllar.org
Download 17.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling