Mantiqiy fikr yuritishni rivojlantirishga qaratilgan masalalar


Download 43.5 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1148211
  1   2   3
Bog'liq
fotosintez


1-masala. Barg po`sti hujayralari rangsiz,shaffof bo`lishini bilasiz.
Buning o`simlik uchun qanday ahamiyati bor ?
2-masala. Xlorella suvo`tning qaysi xususiyati tufayli undan kosmik kemalarda suv osti kemalarida havoni tozalashda foydalaniladi ?
2.mantiqiy fikr yuritishni rivojlantirishga qaratilgan masalalar.
1.masala. Maktab hovlisida o`sadigan akatsiya daraxti har yili qiyg`oz gullaydi, lekin hech meva tugmaydi. Bu hodisani qanday tushuntirish mumkin.
2.bahorda tok o`simligining ortiqcha novdalari kesib tashlanadi. Novdaning kesilgan joyidan suv tomchilari oqib tusha boshladi.Bu hodisaning sababini ayting.
3. Tabiiy obyektlarni aniqlashga doir masalalar.
1.masala. O`simlik to`qimalaridan tayyorlangan preparatlarni mikroskopda kuzating va to`qima turlarini aniqlang. To`qimalarni aniqlashda qaysi belgilarga asoslandingiz ? Kuzatilgan to`qima o`simlikning qaysi qismidan olingan ?
4.Gipotezalarni ilgarui surish va isbotlash ko`nikmalarini shakillantirishga qaratilgan masalalar.
1.masala. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub shuvoq o`simligida yozning quruq va jazirama kunlarida “tinim davri” boshlanadi.bu hodisani izohlash uchun imkon qadar ko`proq takliflarni tavsiya eting.Bu taxminlarning qaysilari haqiqatga yaqin deb hisoblaysiz ?
2.masala.Lishayniklar daraxtlarning tanasida ham o`sishini bilasiz.Ular daraxtlardan qanday maqsadda foydalanadi ? Nima uchun yirik shaharlardagi daraxtlarda lishayniklarni uchratmaysiz. Bu hodisani izohlash uchun o`z taxminlaringizni taklif eting.
5.Tadqiqotchilik ko`nikmalarini shaklantirishga qaratilgan masalalar.
1 – masala. Suv va undan erigan mineral moddalar poyaning ksilema qismi orqali ko`tarilishi sizga ma’lum .
- qanday tajriba yordamida yuqoridagi fikrni isbotlash mumkin.
- bu hodisani o`rganish uchun siz qanday tajriba o`tkazishni taklif etgan bo`lar edinggiz/
2-masala. Fotosintez hodisasini o`rganish uchun olimlar bir qancha usullardan foydalanalidilar
- Fotosintez jarayonini faqat yorug`lik ta’sirida borishini qanday tajribada o`rganiladi.
-Fotosintez jarayonida kislorod ajralishini qanday tajribada kuzatish mumkin ?
-fotosintez jarayonida karbonat angidrid yutilishini o`rganish uchun qanday tajriba qo`yish kerak ?
6.Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog`lashga yordam beruvchi masalalar.
1-masala. Kuzda hovlingizdagi tok o`simligining ortiqcha novdalarini kesib tashlaganlarini ko`p bora kuzatgansiz.Qaysi novdalar “ortiqcha” ekanligini qanday aniqlash mumkin.
2-masala. Nima uchun uzoq yillar davomida bitta erkin maydoniga bir o`simlikni ekish tavsiyab etilmaydi ?

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling