Mavzu: Dunyoviy bilimlar va falsafiy tafakkur rivoji Abu Rayxon Beruniyning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari Reja


 Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy,Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)


Download 29.75 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi29.75 Kb.
#1374023
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Falsafa

2. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy,Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy- iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi.
Iroqda tug‘ilgan va dastavval Eron shoxlari marhamatiga sazovor bo‘lgan Moniy (216-277) keyincharoq quvg‘inga uchradi va ijodining ko‘p qismini Turonda ro‘yobga chiqardi. U zardushtiylik, xristianlik, yakkaxudolik (iudaizm) dinlarini birlashtirib, Moniylik nomi bilan yagona din yaratmoqchi bo‘ldi. U yakkaxudolik va xristianlikdan xoloskorlik g‘oyasini, Zardushtiylikka qiyosan nur va zulmat g‘oyasini oladi. Buta’limotda Moniy o‘zi Samo nuri elchisi hisoblanadi. Borliqning 2 substansiya asosi - yorug‘lik, yaxshilik va ruh olami bilan zulmat, yovuzlik, materiya olami o‘zaro kurashadi, deb ta’lim beradi. Moniy, birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton hukm suradi, deydi. Ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada materiya halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson ruh-nur va jism-zulmat birligidan iborat mavjudot bo‘lgani sababli, u zulmat kuchlariga qarshi kurashda ruhi poklanib, nur farzandiga aylanadi. Moniyning bu ta’limoti avom xalq orasida keng tarqala boshladi. Bundan tahlikaga tushgan shoh Bahrom uni ostirib yubordi.

Download 29.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling