Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli
-Mavzu: Dastgohning asosiy va yordamchi qismlari
Download 0.96 Mb.
|
Mavzular 34talik
34-Mavzu: Dastgohning asosiy va yordamchi qismlari
Reja Dastgohning asosiy qismlari Dastgohning yordamchi qismlari Aylanadigan jismlar shaklidagi (silindrsimon, konussimon, sharsimon va boshqa sirti murakkab) detallar tokarlik dastgohlarida ishlov berib tayyorlanadi. Mamlakatimiz sanoatida markazli, lobovoy va markazsiz tokarlik dastgohlari ishlab chiqariladi. Markazli dastgohlarda diametri nisbatan kichik uzun detallar yasaladi. Bunda zagotovkani oldingi va ketingi babkalarning mar-kazlari orasiga mahkamlab qо‘yiladi. Lobovoy dastgohlarda anchagina katta yassi detallar tayyorlanadi va ularni oldingi babkaning planshaybasiga о‘rnatiladi; bunday dastgohda ketingi babka bо‘lmaydi. Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohining asosiy uzellari 1-rasmda Tasvirlangan: 1 - asos; 2- elektrodvigatel; 3- stanina; 4- tasmali uzatmaning tо‘sig‘i; 5- magaitli ishga tushirgan; 6- alohida yoritgich; 7- oldingi babka; 8- planshaybali shpindel; 9- tirgak; 10- ketingi babka; 11- shaffof himoya ekrani. Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohining asosiy qismi yо‘naltirgachli stanina bо‘lib, u ikkita tayanch panjalarga о‘rnatiladi. Staninaga oldingi va ketingi babka xamda tutgichli g‘aladon joylashgan. Ishchi msxanizmlar himoya ekrani bilan о‘ralgan qirqish zonasini (ish maydonini) hosil qiladi. Staninaning tayanch panjalari maxsus yog‘och asosga mustahkamlangan, uning chap tomonida dastgohning elektrodvigateldan iborat elektromexanik yuritmasi bо‘lib, u ikki pogonali shkivga, shkiv esa tokarlik dastgohining oldingi babkasidagi shpindelga mustahkamlanadi. Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohi mexanizmlarida harakatlarning uzatilishi 6-rasmdagi kinematik sxemada shartli belgilar bilan kо‘rsatilgan. Shpindelning aylanma harakati elektrodvigatel (M)dan ponasimon tasmali uzatma yordamida amalga oshadi; bu uzatma ponasimon ariqchali diametri har xil ikkita shkiv va ponasimon tasmadan iboratdir. Shkivlar elsktromotor va shpindel valla-rining uchlariga mustahkam о‘rnatiladi. Tasmaning bir ponasimon ariqchadan ikkinchi ana shunday ariqchaga tortilishi natijasida shpindel ikki xil chastotada aylanishi mumkin. Shpindel oldingi babkaning korpusiga о‘rnatilgan va u sharchali dumalash podshipniklarida aylanadi. Yog‘och zagotovkani mahkam о‘rnatish uchun shpindelning oldingi uchiga trezubets, patron va hokazolar shaklidagi turli moslamalar burab qо‘yiladi. Ketingi babkaning korpusi staninaning yо‘naltirgichi bо‘ylab suriladi.Uni tayyorlanadigan detal zagotovkasining uzunligiga qarab istalgan holatda qotirish mumkin. Zagotovkani markazlarga uzil-kesil mahkamlash vint mexanizmi va maxovikchali pinol yordamida amalga oshiriladi. Yog‘och zagotovkalarni qо‘lda yо‘nishda asosan ikki xil - yarim aylana va yassi qiya iskanalardan foydalaniladi. Yarim aylana iskanalar (7-rasm, a) faskali tarnovsimon plastinaga о‘xshaydi, ularning bо‘rtgan tomoni va yarim aylana shaklidagi tig‘i bо‘ladi.Charxlash burchagi 25-35°. Ana shunday iskananing enli (20-50 mm li) xili dag‘al ishlov berishda va botiq sirtlarni tekislashda ishlatiladi. Ensiz (5-20 mm li) xili esa tubi yarim aylana ariqchalarni yо‘nishda va zagotovka-larda markaz о‘yiqlarni «parmalashda» qо‘llanadi. Yuqorida ta’riflangan ikki xil iskana bilan diametri kichik detallarni yо‘nishda talab qilinadigan har qanday operatsiyalarni bajarish mumkin. Lekin ular bilan tubi tо‘g‘ri chiziqli tor ariqchalar hosil qilib bо‘lmaydi. Zagotovkalarni yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohiga mahkamlash usullari Tokarlik dastgohida asosan yaproqli daraxtlar - qayin, qora qayin, zarang, jо‘ka, olxa, shumtol yog‘ochlaridan olingan zago-tovkalar yо‘niladi.Bu zagotovkalar quruq, kо‘zsiz va yorilmagan bо‘lishi kerak.Tolalari tо‘lqinsimon (egri-bugri) yog‘ochlardan foydalanish yanada ma’quldir. Zagotovkalarni (kesimi kvadrat shaklidagi bruskani) tanlashda yо‘nish va dastgoh moslamalariga mahkamlash uchun diametri bо‘yicha 5...6 mm va uzunligi bо‘yicha 40...60 mm qо‘yim hisobga olinadi. Zagotovkaning toretsida qalam bilan diagonallar о‘tkaziladi; ularning kesishgan joylariga bigiz yoki kerner bilan markazlar belgilanadi.Randa bilan bruskaning yon qirralari randalanib zagotovkani sakkiz qirrali qilinadi. 2 Woodwork Joints, William Fairham 2008. P79 Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling