Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli
-MAVZU: DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN REJALASH USKUNALARI
Download 0.96 Mb.
|
Mavzular 34talik
8-MAVZU: DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN REJALASH USKUNALARI
Reja: 1. Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash uskunalari D. hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar D. ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori D.ning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari D. kasbining ancha murakkablashganini, D. buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash] D.ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda D. hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida D. tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va D.ning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi. Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, hari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar. Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi. Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga D.ning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi. Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora D.ning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. D.ning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi. Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchiD. ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang, doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi D. kasblari paydo boʻldi. D. tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur. Oʻzbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch, Xiva, Panjikent va b. shaharlardagi 9—12-asrlarga oid koʻhna yodgorliklarda ishlatilgan yogʻoch materiallardan D. meʼmorlikning ajralmas qismi boʻlganligini koʻrish mumkin. Bu davrga oid oʻymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qurʼon oyatlari va sheʼriy misralar bilan bezatilgan. 14—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda) D. tarmoklarining yanada mukammallashgani koʻrinadi. D. uslublarida yogochlarni yoʻnish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va sillikligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning oʻrtalarigacha oʻzbek ustalari anʼanaviy D.ni davom ettirdilar, uning baʼzi tarmoqlarini shakllan-tirdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan oʻzbek duradgorligi Yevropa va rus D. elementlari bilan boyidi. D. mahsu-lotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo boʻldi. Sobiq Ittifoq davrida D.ning oʻzbek xalqiga xos anʼanaviy tarmoklari (aravasozlik, be-shiksozlik, egarsozlik va b.) oʻrniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va b.) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xoʻjalik jihozlari yasash kabi tarmoklar rivojlandi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling