Mavzu: Ekinlarni dalada joylashtirish va tup qalinligi


Download 214.05 Kb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi214.05 Kb.
#1780687
1   2   3   4
Bog'liq
5 -Amaliy mashg‘ulot

Nazariy ma’lumot. Har bir uyaning oziqlanish maydoni va har gektar maydondagi uyalar soni bo‘yicha qatorning har bir metridagi o‘simliklar soni va har gektar maydondagi qatorlarning umumiy soni (yoki uzunligi) bo‘yicha aniqlanadi.
Misol tariqasida ko‘chat qalinligining 90x20x2 sxemasini olamiz. Bu sxema uchun har gektar maydondagi o‘simlik sonini belgilashda birinchi usuldan foydalangan holda har bir uyadagi o‘simlikning oziqlanish maydonini aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun qator oralari kengligini (0,9 m) qatordagi uyalar oralig‘iga (0,2 m) ko‘paytiriladi. Bunda har bir uyadagi o‘simlikning 09x0,2=0,18 m2 oziqlanish maydoni kelib chiqadi. Shundan keyin har gektar maydonda qancha o‘simlik uyasi bo‘lishi belgilanadi. Buning uchun har gektar maydon (10000 kv.m) har qaysi uyaning oziqlanish maydoniga (0,18 kv.m) bo‘linadi. Bunda 10000/0,18=55555 uya olinadi. Har qaysi uyada ikkitadan ko‘chat bo‘lishi hisobga olingan holda yuqoridagi uyalar sonini 2 ga ko‘paytirish kerak. Bunda har gektar maydonda 55555X2=111110 tup o‘simlik bo‘ladi.

Ekinlarni morfologik belgilariga qarab ularni dalada joylashtirish usullari ushbu sxemada ko’rsatilgan.


Ikkinchi usul bo‘yicha ko‘chat qalinligining yuqoridagi sxemasi uchun har gektar maydondagi o‘simlik sonini belgilashda birinchi navbatda har metrdagi o‘simlik sonini aniqlab olishga to‘g‘ri keladi. Bu 100 sm /20 sm o‘sim.=10 tup o‘simlikdir. Keyin har gektar maydondagi qatorlarning umumiy uzunligini aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun har gektar maydon (10000 m2) da qator oralari kengligiga (0,9 m) bo‘linadi. Bunda 10000:0,9=111ta qator. Har 1 metrga 10 tup o‘simlik to‘g‘ri kelishi tufayli har gektar maydonga qancha o‘simlik to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun 10 tup 11111 metrga (10x11111) k) ko‘aytiriladi, natijada har gektar maydonga 111110 tup o‘simlik to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.
Haqiqiy ko‘chat qalinligini aniqlash
Har qaysi uchastkadagi o‘simliklarning haqiqiy sonini amalda sanab chiqishning imkoni yo‘qligidan, har qaysi uchastka bo‘yicha haqiqiy ko‘chat qalinligi o‘simlik qatorlarining har joy-har joyidan namuna olish bilan aniqlanadi. Bu xildagi namuna olinadigan joylar dalaning tekis qismida joylashgan bo‘lishi kerak. Ko‘pincha, namuna uchun olinadigan joy qatorning 10 m uzunligida belgilanadi. Namuna joylari uchastkaning diagonali bo‘yicha ma’lum miqdorda qator oralatib, har gektar maydon hisobiga bir joydan olinadi. Agar kuzatiladigan uchastka maydoni 7 gektar bo‘lsa, namuna uchastkaning 7 ta
joyidan, 15 gektar bo‘lsa 15 ta joyidan olinadi. Belgilangan har qaysi namuna maydonida haqiqiy ko‘chat miqdori hisobga olinadi. Barcha namuna ko‘rsatkichini jamlab, uni hamma namuna soniga bo‘lish bilan har qaysi namunaning o‘rtacha ko‘rsatkichi topiladi. Shundan keyin olingan o‘rtacha ko‘rsatkich bir gektar maydon bo‘yicha hisoblanib chiqariladi. Har qaysi uchastka bo‘yicha olingan o‘rtacha miqdordagi ko‘chat qalinligiga qarab, xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha haqiqiy ko‘chat qalinligini belgilash mumkin.
Qator oralari 90 sm qilib ekilgan 5 gektar maydondagi haqiqiy ko‘chat qalinligini aniqlash misol tariqasida keltirilgan. Masalan, birinchi namunada 80 tup, ikkinchisida 75 tup, uchinchisida 95 tup, to‘rtinchisida 90 tup, beshinchisida 60 tup ko‘chat bo‘ldi, deylik. Bunda o‘rta hisobda har 10 metr joyda 80+75+95+90+60:5=80 tup ko‘chat bo‘ladi.
Qator oralari 90 sm qilib ekilgan maydondagi 10 pogon metrdagi namuna maydoni - 10x0,9=9 m2 bo‘ladi. Misolimizda har gektar maydondagi ko‘chat qalinligini yechish uchun quyidagi proporsiyani tuzishga to‘gri keladi:
9 m2 da- 80 tup o‘simlik,
10000 m2 da - X tup o‘simlik.
Ana shu proporsiyani yechish bilan biz gektar boshiga 88888 tup o‘simlik to‘g‘ri kelganligini aniqlaymiz. Bu misolni ikkinchi usul bilan har gektar maydondagi qatorlarning umumiy uzunligini belgilash yo‘li bilan ham yechish mumkin.

Download 214.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling