Mavzu: Ekologik risklarni baholash va boshqarish. Reja


Risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari


Download 134.23 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi134.23 Kb.
#1623175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologik risklarni baholash va boshqarish.

3.Risklarni boshqarish va minimallashtirish usullari.
Oxirgi o`n yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko`rinishiga aylandi. Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo`yicha tajribalar to`plana boshlandi. Loyihani boshqarish doirasida yechiladigan masalalardan biri - bu loyiha faoliyatining riskini boshqarishdir. Bu masala loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida emas. Ekologik talabni aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog`liq masalalar yechiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo`lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi. Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e`tibor qaratiladi:

  • loyiha risklarining tasnifi;

  • loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari;

  • loyiha risklarini boshqarishning axborot ta`minoti;

  • risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;

  • risklarni kamaytirish texnologiyalari;

  • risklarni boshqarishni tashkil etish;

  • risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.

Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo`yicha texnologiyalarni va bilimni talab qiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo`lish mumkin:
1) riskni aniqlash;
2) riskni baholash;
3) riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash;
4) riskni oldini olish va nazorat qilish;
5) riskni moliyalash;
6) natijalarni baholash.
Riskni aniqlash va uni baholash bosqichlari riskni tahlili deb ham ataladi. Bunda riskni aniqlash sifat tahliliga, riskni baholash miqdor tahliliga kiradi. Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng mashhurlari quyidagilar:

  • statistik usul, statistik tajribalar usuli;

  • maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili;

  • ekspert baholari usuli;

  • analitik usullar va boshqalar.

Risk tahlilining ahamiyati loyihaning potentsial ishtirokchisiga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma`lumotlarni berishdir.
Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo`llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o`tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar o`rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.
Risklarni boshqarish - bu risk va foyda miqdorini oqilona qo`shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi. Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo`linadi:

  • risk omilini aniqlash;

  • risk omilini tahlil qilishva baholash;

  • risklarni pasaytirish bo`yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish;

  • risklarni oldini olish va nazorat qilish;

  • risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo`llash;

  • risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma`lumot to`plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.

Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya`ni loyihaga ta`sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi. Riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o`z ishlarida amal qilish uchun xatarni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishi kerak.
Riskni boshqarishda asosiy vazifa - amaldagi bozor kon`yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishda asosiy yo`llar quyidagilar:
•riskni ajratish;
•riskni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlash;
•moddiy ta`minotni olish (garov);
•ekologik ta`minotni olish (kafolat yoki kafillik);
•riskni kredit bo`yicha yuqori foiz stavkasiga ko`chirish;
•riskni venchur kreditlashga qabul qilish;
•qarzlar bo`yicha yo`qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish;
•sug`urtalash.
Bular riskni boshqarish bo`yicha quyidagi ish yo`nalishlarini talab qiladi:
•har bir mijoz bo`yicha doimiy monitoringni olib borish;
•ma`lum bir mijozning asosiy xo`jalik faoliyatiga aloqador tarmoq holatining doimiy monitoringi;
•kafolatni jalb qilish va tahlil etish;
•risk uchun kompensatsiya olish (garov, kafolat va boshqalarni amalga oshirish).
Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichi ma`lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ko`rib chiqadi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • risklarmonitoringi;

  • riskni istiqbolini belgilash;

  • tahdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma`lumot berish va bu bilan bog`liq ko`rsatmalarni ishlab chiqish;

  • riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar.

ko`p risklarni oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya`ni ular loyiha ishtirokchilari ta`siridan tashqarida bo`ladi. Shunday risklar ko`p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo`llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o`z-o`zini sug`urtalash, tajribali sug`urtachi yordamida sug`urtalanishga mablag` ajratishi tushuniladi. Sug`urta shartnomalarida riskning ko`pgina turlari bo`yicha sug`urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko`rib o`tilgan moddalar mavjud bo`ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug`urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o`z usullari va yo`llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash - bu ma`lum bir loyiha doirasidagi risk - menejmenti bo`yicha faoliyatlarining yig`indisi. U keng ma`lumotlar to`plami asosida o`tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk - menejmentining alohida choralarini qo`llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o`tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko`rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo`llaniladi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo`ladi:

  • ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;

  • risk oqibatlari to`g`risida o`ylash lozim;

  • kam narsa uchun risk qilish kerak emas.

Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: kafolatlar;

  • harid haqidagi forvard kelishuv;

  • ishlab chiqarish to`lovlari;

  • hejirlashtirish, sug`urta va svoplar.

1) investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta`sirini yo`qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo`llardan foydalaniladi.
2) riskdan qochish - risk bilan bog`liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
3) riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o`z kapitalini riskli tadbirlarga yo`naltirayotganda, risklardan ko`riladigan zararlarni qoplash uchun mablag`i bo`lishi kerak.
4) riskni uzatish (sug`urtalash) – investor risk xavfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug`urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug`urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to`lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko`p hollarda, sug`urta kompaniyalari ekologik risklarni sug`urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to`liq erishishiga xizmat qiladilar.
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
1) risklarni diversifikatsiyalash;
2) risklarni sug`urtalash;
3) risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash;
4) risklar uchun ekologik zahiralar ajratish.
5) qo`shimcha ma`lumotlar va axborotlarga ega bo`lish.
Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog`liq bo`lmagan turli xil faoliyatlar o`rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o`rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:
1) tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo`yicha diversifikatsiyalash;
2) iste`molchilarni diversifikatsiyalash;
3) mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
4) loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni loyiha qatnashchilari o`rtasida taqsimlash ekologik reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo`lgan u yoki bu risklarni ko`paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko`zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo`ladi. Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog`liq yo`qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud.
1) ob`ektiv usul, bu loyihada bo`lish ehtimoli bo`lgan yo`qotishlar va ularning davr oralig`ini aniqligidir. Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Download 134.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling