Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari


Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 72.09 Kb.
bet2/13
Sana01.11.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1738866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari

Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi

Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo`lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan balkim juda ko`p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog`liq. Bunday fanlar qatoriga falsafa, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin.


Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko`rish mumkin:
  1. falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o`zaro dialektik bog`liqligi, bir-biriga ta'siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o`rganish;


  2. matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish;


  3. fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish;


  4. iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish;


  5. kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish;


  6. huquqshunoslik bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash;


  7. konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo`llarini o`rganish.



Tabiat biz tasavvur etgandan ko`ra ancha murakkabdir. Shunga ko`ra ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko`pincha oldinda bilib bo`lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi». Kelib chiqadigan oqibatlar zararli bo`lmasligi uchun u o`z faoliyatini ekologik tahlil qila olishi zarur. Buning uchun esa turli fanlar bilimidan foydalanishi zarur bo`ladi. Shunday qilib, ekologiyani tabiiy resurslardan foydalanishning nazariy asosi deyish mumkin.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling