Zardo‘shtiylarning "Avesto" kitobida (eramizdan avvalgi II-I- ming yillar) tabiat va insonlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqidagi fikrlar o‘z aksini topgan.
Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlarida 500 ga yaqin o‘simlik va 454 ta hayvon turlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Galen va Teofrast ham o‘zlaridan turli jonivorlarning hayoti, tabiatga moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar qoldirishgan.
I-bosqich
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining bizga qoldirgan asarlarida ham inson va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlar o‘z aksini topgan. Xalif-al-Ma'mun (813-833) asos solgan "Donishmandlar xazinasi" ya'ni Ma'mun akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy, al- Farg‘oniy, al-Marvaziy va boshqalar, keyinchalik Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar faoliyat yuritib, astronomiya, jug‘rofiya, tibbiyot, botanika, geologiya kabi sohalarni o‘rganishga katta hissa qo‘shdilar.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) va Ibn Sino (980-1057) o‘z asarlarida 700-800 xil o‘simlik va hayvonlarning nomlarini, barg va gul shakllarini, butalar qiyofasini, o‘sadigan joylari, gullash davrlari va qaysi kasalliklarga davo ekanliklari haqida ma'lumot beradilar. XIV-XVII asrlarda kasalliklarni davolashda asosan o‘simliklardan va hayvonlarning ichki a'zolaridan foydalanilgan.
Z.M.Bobur (1483-1530) va A. Navoiy o‘z asarlarida inson va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlar haqida qimmatli ma'lumotlarni keltirganlar. "Boburnoma" - ekologiyaga daxldor asardir.
II- bosqich
Bu bosqhich XVIII- asrning ikkinchi yarmi va XIX-asrning boshlari, ya'ni "Ekologiya" atamasining fanga kiritilishidan boshlanadi. "Ekologiya" atamasini fanga birinchi bo‘lib 1866 yil nemis darvinist olimi Ernest Gekkel taklif etdi.
Ch. Darvin (1809-1882) o‘zining "Turlarning kelib chiqishi" asari bilan biologiya fanini yuqori pog‘onalarga ko‘tardi. Uning evolyusion nazariyasi ekologiya fanining rivojlanishiga tub burilish yasadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |