O’simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi. O’simliklarda senopopulyatsiyaning taqsimlanishi – bu ma’lum fitotsenoz ichidagi guruhlar yosho nisbatidan kelib chiqadi. O’simlik yoshini absolyut yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki o’simlik bir kalendar yoshda har xil yosh holati (bahorda unish, ko’karish, barg chiqarish, gullash; yoz faslida urug’ tugish, pishish va h.k.) da bo’ladi. O’simliklarning katta – kichikligi bir yoshli guruh turli harakatchanlikni aks ettiradi. O’simlikning vegativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bo’lsa, u hayotchan, rivojlanish uchun energiya to’plagan, tahqi muhit omillariga chidamli bo’ladi.
Hayvonlarning makonga bo’gan egalik uchun aktivligi quyidagi ikki holat bilan aniqlanadi, ya’ni:
1.O’zining yashab qolishini ta’minlash uchun (ozuqa tanlash, topish, maydonni kengaytirish, inlar kavlash) yo’nalgan aktivlik;
2.Qo’shni vakillar guruhlari bilan aloqa qilish (o’z joyini saqlash uchun signal berish, tovush chiqarish, saqlash) uchun aktivlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |