Ekosistemada suvning aylanishi. Ma’lumki, suv hamma kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etadi. Ekosistemadan o’tadigan suvning bir qismi fotosintez jarayonida bug’lanish, transpiratsiyaga va yana bir qismi nom formasida tushadi.Suv bug’lari atmosferaga to’planib, yomg’ir, qor, do’l sifatida Yerga tushadi. Yer yuzida bor suvning 90% I tog’ jinslari bo’lib o’tadigan gidrologik siklga juda kam qatnashadi. Yer ustiga tushadigan namlik shu joydagi organizmlarning hayot faoliyati, bug’lanishiga ketadi. Yer usti o’simliklari yiliga 55 1018 g suvni transpiratsiya qiladi. Bir gram suvning bug’lanishi uchun 0,536 kkal energiya sarf qilinadi. Yer yuzida yillik bug’lanish 3781018 g bo’lsa, unga 21020 kkal energiya sarf qilinadi. Bu yerga tushayotgan quyosh energiyasining 1/5 qismiga to’g’ri keladi.
Atmosferaning suv bug’larini ushlab turish juda past bo’lganligi tufayli, ular to’planib, yerga namlik sifatida tushadi. Yer yuziga tushadigan o’rtacha namlik 65 sm ni tashkil etadi. Bu atmosferadagi namlikdan 25 barobar ko’pdir. Suvning suyuq holdagi formasi Yer yuzi bo’yicha o’tishiga 3650 yil kerak. Bu suvning atmosferadan o’tishida 100 000 marta ko’pdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |