Biotsenozlar tushunchasi, ta’rifi va asosiy belgilari. Tabiatda har xil turlar populyatsiyalari birlashib, yuqori tuzulish va xususiyatlarga ega bo’lgan biologik birliklar yoki biotsenozlar hosil qiladi. Biotsenozlar – bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populyatsiyalari guruhlaridan iborat bo’lib, ma’lum joyda birgalikda yashashga moslashgan biologic birliklardir.
«Biotsenoz» atamasini 1872 –yili nemis zoolok olimi Myobius fanga kiritgan. Myobius biotsenozni quyidagicha ta’riflaydi, ya’ni:
1.Biotsenozga ma’lum joyda uchraydigan mikro va mikroskopik formalar, o’simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi;
2.Biotsenozni hosil qiluvchi turlar bir – birlari bilan bog’langan va bir –birlariga qaramdir;
3.Biotsenoz tashqi muhit omillari ta’siri ostida bo’ladi;
4.Biotsenoz vaqt bo’yicha doim turg’un va bir holatda bo’ladigan guruhlardan iborat bo’ladi;
5.Biotsenozni hosil qiluvchi vakillar o’z joylarida, biotsenoz ichida ko’payish xususiyatlariga egadir.
Demak, biotsenoz – bu tirik organizmlar guruhlari bo’lib, ular ma’lum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bog’liq, aniq makonni egallaydi.
Biotsenoz quruqlikda bir xil yashash joyi, muhiti, hududini egallasa, suv muhitidagi biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo’yicha bo’linadi, har qanday biotsenoz va biotop (biologic organizmlar yashaydigan joy) bilan dialektik birlik, yuqoro darajada tuzulgan biogeotsenozni hosil qiladi.
Biotsenoz o’z navbatida quyidagi komponentlariga bo’linadi: fitotsenoz-o’simliklar, zootsenoz-hayvonlar, mikrotsenoz-mikroorganizmlar guruhlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |