Mavzu: Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifalari Reja: Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha


Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar


Download 188.16 Kb.
bet30/54
Sana05.01.2022
Hajmi188.16 Kb.
#232439
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
ekologiya mustaqil ishi

Biotsenoz chegarasini aniqlovchi uslublar. Tabiiy sharoitda biotsenozni chegaralashda bir xil fizik-kimyoviy iqlim sharoiti va biotik munosabatlardagi joy tanlab ilinadi. Ajratilgan joyda uchraydigan hamma hayvonlar turlarini yig’ish mumkin bo’lmaganligi uchun hayvonlar katta-kichikligi, sistematik o’rniga qarab, asosiy guruhlarning vakillaridan namunalar to’planadi.

Biotsenoz ichidagi munosabatlar. Biotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o’rtasidagi ko’p biotik munosabatlar-ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biotsenoz ichidagi hayotiy o’rnini aniqlaydi.

1. Trofik aloalar, munosabatlar biotsenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik vakillari yoki o’lik qoldiqlari, mahsulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi. Masalan, ninachilarning hashorat bilan oziqlanishi, qo’ng’izlarning molok go’ng, arilar gul changi, yo’lbarslar turli o’ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo’ladi;

2. Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning yashash muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o’zgaradi, ya’ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash muhiti yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi. Yashash muhiti hosil qilishda yoki muhitning boshqa organizmlar uchun o’zgarishi o’simliklar misolida uchratish mumkin. Masalan, o’rmon chetlari, o’simlik qoldiqlari, tuproq yuzasi ko’p hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi;

3. Forik munosabatlarda biotsenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu holatda tashuvchi vazifasini ko’pchilik hayvonlar o’taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga, o’simliklar urug’lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi;

4. Fabrik munosabatlarda biotsenoz ichidagi bir tur o’zining yashash joyi uchun ikkinchi tur qoldig’i, o’lik yoki tirik qismlardan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurush uchun o’simlik bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar patlari, hayvonlarning uchlari, paxta va lattalardan foydalanadi. Daryolardagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o’simliklar shoxi, poyasi, bargidan foydalanadi.


Download 188.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling