Uglerodning tabiatda aylanishi. Avtotrog organizmlar organik moddalarni sintez qilish uchin uglerodni o’zlashtiradi. Bu uglerod atmosfera tarkibida (0,03%) yoki suvda erigan holda bo’ladi. Fotosintez jarayonida o’simliklar tomonidan foydalanib, organik moddaga aylantiriladi, miqdori atmosferada o’zgarmaydi.
Uglerodning ekosistemalarda aylanishini quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin: atmosferada CO2 ning miqdori 700 mlrd. tonna, gidrosferada erigan CO2 50 mlrd. tonnani tashkil qiladi. Yillik umumiy fotosintez jarayonida Yer ustida 30 mlrd. tonna, suv havzalarida 150 mlrd. tooonna CO2 tabiatda aylanadi. Bu yer usti ekosistemalarda yiliga CO2 ning taxminan 12% i aylanib turadi. Atmosferadagi CO2 ning o’tib turishi 8 yilga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |