Mavzu: Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
BIOTSENOZ XAQIDA TUSHUNCHA
Download 93.5 Kb.
|
Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
BIOTSENOZ XAQIDA TUSHUNCHA.
Barcha moddalar oziq moddalar qabul qilishi xaqida ulardan foydalanish usuliga ko‘ra avtotrof va geterotoroflarga bo‘linadi. Tabiatda xayot uchun zarur bo‘lgan biogen moddalar to‘xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof-muxitdan ximiyaviy moddalarni o‘zlashtiradi,bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof-muxitga qaytadi.Bu jarayon juda murakkab formalarda boradi. Har qaysi tur organik moddasi energiyaning faqat bir kesimidan foydalaniladi va uni mavsum bosqichga parchalaydi. Shunday qilib evolyutsiya jarayonida ekologik sistemalarda qoziq zan jiri tarkib topgan. 1-2 ga ozuq bo‘ladigan organizmlarning ketma -ket kelishi ozuqa iste’molchi ko‘rinishidagi bog‘lanish. Tirik mavjudotlar guruxini va ularning yashash muxitini o‘z ichiga olgan funksional sistema - ekologik sistema deb ataladi. Bizga yaxshi ma’lumki, tabiatda o‘simlik va xayvonlar jamoa xolida yashaydilar. Jamoa deganda-rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘lgan bir gurux organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi.Bunda ular o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Bundan kelib chiqib:muayyan sharoitda o‘simlik, xayvon, zamburug‘ va mikroorganizimlarning birgalikda yashashi- biotsenoz deyiladi. Agarda bir qancha o‘simlik birgalikda qavm bo‘lib yashasa fitotsenoz, .(o‘sish jamoasi) bir qancha tur xayvonlar birgalikda qavm bo‘lib yashasa-zootsenoz(xayvonlar jamoasi) deyiladi. Yoki oddiyroq qilib aytganimizda muayyan maydonda tarqalgan, birgalikda yashovchi va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan organizmlar gruppasi-biotsenoz deyiladi. Biotsenoz-lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib,"bios"-xayot,"senoz"umumiy deb tarjima qiladi. "Biotsenoz" terminini nemis biologi Mebius tomonidan 1877 y. berilgan. Bu o‘simliklar, xayvonlar va mikroorganizmlarning birga yashashi bo‘lib ular ma’lum yerda yeki suv xavzasida bo‘lishi mumkin. Biotsenozdagi organizmlar bir-birovi bilan va abiotik muxit bilan bog‘liqdir. Moddalarning aylanma xarakatida qatnashishiga qarab biotsenozga kiruvchi organizmlar 3 guruxga bo‘linadilar: 1. Produtsentlar. (xosil qiluvchilar)avtotrof organizmlar bo‘lib, yaratuvchi organik moddalardan organik moddalar xosil qiladilar, bu yashil o‘simliklar. 2. Konusmentlar (qabul qiluvchilar),geterotorf organizimlar bo‘lib, avtotrof organizmlar xisobiga yashaydilar.Tayyor organik moddalar xisobiga xayot kechiradilar. 1-darajali konusmentlar-o‘simlikxo‘r xayvonlar,parazit bakteriya va zamburug‘lar. 2-darajali konusmentlar-o‘simlikxo‘r xayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar. 3-darajali konusmentlar-superparazitlar. 3. Redutsentlar( .tiklovchilar).Organizmlar qoldiqlari bilan ovqatlanib uni qayta tiklovchi organizmlar, yoki organik qoldiqlarni parchalovchilar. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling