Mavzu: Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
Download 93.5 Kb.
|
Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
Tabiatni muhofaza qilish
SNGda o‘simlik olami ya’ni florasi( flora bu o‘simlik olami so‘zidan iborat) 19 ming turdan iborat. O‘zbekistonda esa 4148 turga yetadi. Ularning orasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va meditsinada katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklar tashkil etadi. O‘simliksiz xayot yer yuzida bo‘lmagan bo‘lar edi.Odamlarning va xayvonlarning xayoti o‘simliklarga bog‘liq. masalan, nafas olishimiz va ovqatlanishimiz xam o‘simliklarga bog‘liq. O‘simliklar xavoni O 42 0 bilan boyitib turadi, SO 42 0 gazini kamaytirib turadi. Oziq ovqat o‘simliklariga bug‘doy, arpa, makkajo‘xori , tariq, suli, sholi, mosh, loviya, no‘xat, kungaboqar, yeryong‘oq, zig‘ir, kunjut, g‘o‘za. Zig‘ir bilan g‘o‘zani oziq-ovqat hamda texnika o‘simliklariga kiritiladi. Dorivor o‘simliklarga kanakunjut, shaftoli, makkajo‘xori, yalpiz, mavrak, qora zira, archa (kubba preparatlari siydik xaydovchi, siydik yo‘llarini dizinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi xamda ovqat xazm qilish protsessini yaxshilaydi). Valerina, qarag‘ay kurtagi (archa qubbasiga o‘xshash, bargi singa kasalligini davolashda ishlatiladi), Kamfora daraxti, arpabodiyon bu o‘simliklarning mevasi va moyi ishlatiladi. Mevasi va moyi meditsinada bronxit kassaligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, yel xaydovchi dori sifatida ishlatiladi. Moychechak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda va genekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi,og‘iz tamoq chayqashda shifobaxsht vanna tayyorlashda ishlatiladi), qora andiz balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda meda va ichak kasalliklarida ishlatiladi, ermon ishtaxa ochadigan va ovqat xazm qilishni yaxshilaydigan xamda jigar, o‘t pufagi va gastirit kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bo‘ymadaron me’da - ichak kasalliklarini va qon to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri, zupturum, gorchisa(xantal), achchiq bodom, achchiq bodom suvi bemorni tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dori, chuchuk bodom urug‘i ich yumshatuvchi emulsiya tayyorlashda ishlatiladi. Qoqio‘t ishtaxa ochuvchi, o‘t xaydovchi dori sifatida ishlatiladi, sanbit gul xonalarda o‘stiriladi, yurak-kasalligida, nashasimon kendir, adoniz, marvaridgul, erizimum, angishvona gul-jenshen aqliy va jismoniy jixatdan charchaganda,mexnat qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy tonusini ko‘taruvchi dori sifatida ishlatiladi. Araliya, eluterokokk, xitoy limonnigi levzeya. Exinopanaks bular jenshenga o‘xshash ishlatiladi. Serquyosh o‘lkamiz shifobaxsht o‘simliklarga boy. Muqaddas tuprog‘imizdagi xar bir giyex mo‘jiza, inson dardiga davo, umriga umr qo‘shadi. Biz ana shu giyohlarni yanada ko‘paytirish uchun qayg‘urishimiz kerak, zeroki bu giyohlar dardimizga davo, o‘lkamiz xusni. Siz meditsina xodimlari shifobaxsh o‘simliklarni kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymang, ularni ko‘paytirish uchun yordam bering, qaysi vaqtda o‘simlikni yig‘ishni o‘zingiz bilib oling va boshqalarga o‘rgating. Xayvonlardan olinadigan dorivor maxsulotlar ustida tuxtalib o‘tmoqchiman. Ilon zaxari. O‘rta Osiyoda zaxarli ilonlardan kqobra, ko‘lvor ilon (gyurza),charx ilon (efa), cho‘l qora iloni (gadyuka) uchraydi. Kobraning tashqi ko‘rinishi yirik chipor ilonga o‘xshab ketadi. Kobra Xindistonda keng tarqalgan o‘tkir zaxarli ko‘zoynakli ilonning kenja turidan biridir. Lekin u bo‘ynida ko‘zoynak rasmi bo‘lmasligidan va boshqa belgilaridan ko‘zoynakli ilondan farq qiladi. Kobra zaxarli ilonlar ichida yiriklaridan biri xisoblanadi. Bo‘yining uzunligi 1,8 metrga yetadi. Ko‘lvor ilon zaxarli ilonlar orasida eng yirigi. Bo‘yining uzunligi 2 metrga yetadi.Tanasining usti jigar rang yoki to‘q kulrang tusda, qorin tomon oq bo‘lib juda ko‘p qora halqachalari bor. CHo‘l qora iloni. Bo‘yining uzunligi 60 sm ga yetadi. Boshi uchburchak - yumaloq shaklda. Tanasining usti to‘q kulrang, xar xil shakldagi qoramtir dog‘lar bilan qoplangan. Dumi kalta, uchli bo‘ladi. Charx ilon. O‘zining serxarakatligi bilan boshqa zaxarli ilonlardan farq qiladi. Buyining uzunligi 70 sm gacha bo‘ladi. yuqoridan uchib ketayotgan qush shaklini eslatuvchi och rangli belgi bor. Toshkent, Bishkek va boshqa shaxarlarda zaxarli ilonlardan zaxar olish maqsadida maxsus ilonxonalar tashkil etilgan. Bunday ilonxonalarda ayniqsa, ko‘lvorilon ko‘p boqiladi.Chunki bu ilon boshqa zaxarli ilonlarga qaraganda ancha chidamli, tutqunlikda uzoqroq yashay oladi. va boshqalardan ko‘proq zaxar beradi. Kobra zaxari birinchi navbatda nafas markazini,so‘ngra markaziy nerv sistemasini ishdan chiqarsa, ko‘lvorilon va charxilon zaxari esa qonni ivitadi, qondagi qizil qon tanachalarini parchalaydi. Ilonlarga tegilmasa ular ham tegmaydi. Ular yashirinishga harakat qiladi. Agar ko‘lvor ilonni bosib olinsa u qo‘qisdan xujum boshlab, yuqoriga uzun tishlari bilan yashin tezligida xuddi nayza urganday zarba beradi. Kulvor ilonning chaqishidan qush yoki hayvon 5-6 sekunga yetmay xalok bo‘ladi. Agar tezda zaruriy tibbiy chora ko‘rilmasa, ko‘lvor ilon zaxariga qarshi ishlatiladigan zardob qabul qildirilmasa, odam ham 4-5 soat o‘tgach xalok bo‘ladi. Ilon zaxarini shisha idishlarga tishlatib yig‘ib olinadi. Ilon zaxaridan ilon chaqqanda zaxarini kesadigan zardob ishlab chiqariladi. Meditsinada ilon zaxaridan tayyorlangan preparatlar, artrit va turli og‘riqlar (belda paydo bo‘ladigan og‘riq, kuo‘ymich nervni yallig‘lanishi tufayli paydo bo‘ladigan og‘riq), nevralgiya, poliartrit, nafas qisishi, tromboz (qonning ivib qolishi) va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Ilondan zaxar olish maqsadida 3000 ga yaqin zaxarli ilon tutiladi. Lekin xalqimiz orasida surilib kelayotgan noto‘g‘ri tushunchalar meditsinada katta foyda keltirayotganidan xabarsizligi natijasida zaxarli ilonlar bexudaga o‘ldirilmoqda. Siz meditsina xodimlari xalq orasida ilonlardan dorivor moddalarni shifobaxsh xususiyatlarini tushuntirishingiz lozim. Zaxarli ilonlarni yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘rta Osiyoda tog‘ o‘rmonlari va butazorlar kesilib ketdi. Yong‘oqzor va archazor maydonlari kamayib ketdi. Qimmatli pista ko‘mir olinadigan pistazorlar deyarli yo‘q qilib yuborildi.Tog‘lardagi daraxtzor va butazorlarning yo‘q qilinishi tog‘larning yemirilishiga sabab bo‘ldi. Qumlardagi tabiiy o‘simlik qoplamini yo‘q qilinishi qumlarning tarqalishi xamda qishloqlar va ekin dalalari, ariq va yo‘llarni bosadigan ko‘chma qum barxanlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Zo‘r berib ishlatilishi tufayli xom ashyo, dorivor yoki ovqat sifatida axamiyatga ega bo‘lgan ba’zi turlari yoki ularning zonasi kamayib ketgan(chuchuk miya, yersovun, anzur piyozi, qirqqovuq, itoron, chuxra va boshqalar). Keyingi vaqtlarda tabiatni muxofaza qilish Davlat Komiteti tashkil qilindi. Chiqarilgan qonunlarga asosan ayrim qimmatli daraxtlardan iborat o‘rmonlar himoya qilinadi. Yo‘qolib borayotgan nodir daraxtlar o‘sadigan maydonlar ham muxofaza qilinadi. O‘rmonlarni qayta tiklash yangi o‘rmonlar yaratish, yirik shaxarlar atrofida o‘rmon-bog‘ zonalari barpo qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘simlik turlari qizil kitobga yoziladi. QIZIL KITOB TO‘FRISIDA Tabiatni muxofaza qilish,o‘simlik dunyosini xayvonot dunyosi bilan birga saqlashda qo‘riqxonalar muxim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalardan barcha tabiiy kompleks shundayligicha saqlanadi.Ularning territoriyasidagi daraxt va butalarni kesish,pichan tayyorlash, mol boqish, baliq va boshqa hayvon va qushlarni ovlash, meva va boshqa narsalarni yig‘ish taqiqlanadi. Davlat qo‘riqxonalarining asosiy vazifasi mazkur tabiat zonasi uchun tipik bo‘lgan zonani tabiyligicha saqlash va undagi o‘simlik, xayvon va qushlarni o‘rganishidir. Bu yerda qimmatli xayvon va o‘simliklar sonini tiklash bo‘yicha ulkan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Mashxur bo‘lgan qo‘riqxonalardan O‘rta Osiyeda qoraqum cho‘lida Repetek qo‘riqxonasidir. Orol dengizining cho‘l orolida Borsakelmas qo‘riqxonasi maydoni 18,5 ming Amudaryo orolidagi Payg‘ambar orol qo‘riqxonasi Tyan-Shan Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi, Sari-Chelak qo‘riqxonasi. Jizzax oblastida Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling