Mavzu: Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
O‘SIMLIKLAR XAYVONLAR VA MIKROORGANIZMLAR JAMOASI BIOTSENOZI
Download 93.5 Kb.
|
Ekologiya, fitotsenologiya va o‘simliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ekologiya
O‘SIMLIKLAR XAYVONLAR VA MIKROORGANIZMLAR JAMOASI BIOTSENOZI.
Biotsenozni tashkil qiluvchi o‘simlik, xayvon va mikrorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga o‘xshash talablarida ifodalaniladi. "Biotsenoz" so‘zi xozirgi ekologik adabiyotlar ma’lum territorial uchastkalarni belgilashda ishlatiladi:bug‘doy dalasi biotsenozi,o‘tloq biotsenozi, o‘rmon biotsenozi va x.Bunda birga yashashga moslashgan o‘simlik, xayvon va mikroorganizmlar kompleksi xisobga olinadi. 1. Produtsentlar (xosil qiluvchi ) avtotrof organizmlar bo‘lib, yaratuvchi anorganik moddalardan organik moddalar xosil qiladilar, bu yashil o‘simliklar. 2. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo‘lib, avtotrof organizmlar xisobiga yashaydilar. Tayyor organik moddalar xisobiga xayet kechiradilar. 1- darajali konsumentlar - o‘simlikxo‘r xayvonlar, parazit bakteriya va zamburug‘lar. 2- darajali konsumentlar - o‘simlikxo‘r xayvonlarni is’temol qiladigan yirtqichlar. 3- darajali konsumentlar - superparazitlar. 3. Reduksentlar( tiklovchilar). Organizmlar qoldiqlari bilan ovqatlanib uni qayta tiklovchi organizmlar, yoki organik qoldiqlarni parchalovchi. Ijtimoiy ekologiya Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy anglash, insonni ijtimoiy fenomen sifatida ko‘rish - uning taraqqiyotini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi. Insonning jamiyat a’zolari bilan birgalikda, o‘zaro munosabatlarda yaratgan ijtimoiy va ruhiy muhitlar ta’sirini sotsekologiya, ya’ni ijtimoiy ekologiya o‘rganadi. Har qanday muammoni yechishni uni nazariy tomonidan o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muammoni nazariy tomondan o‘rganish deganda, birinchi navbatda mazkur muammoni yechadigan ilm sohasining tadqiqot ob’yekti, predmet va oldiga qo‘ygan maqsadini aniq ko‘z oldiga keltirib, ob’yektiv qonuniyatlarni chuqur bilib olishlikka aytiladi. Demak, mazkur ilm tarmog‘i qaysi ob’yektiv borliq va uning jabhasini o‘rganishni, uni bu o‘rganishdan maqsadi nimada ekanligini hamda shu sohada doimo hukm suruvchi qonuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini yaxshi bilgan kishigina bunday muammoni yecha oladi. Odamzot bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy va ruhiy mohiyatlarini saqlab qolish zarur bo‘lib qoldi. Ko‘rib turganimizdek, bu muammolar tabiiy, ijtimoiy va ruhiy muhitlarning yomonlashganligi natijasida yuzaga keldi. Bunday hol insonning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy salomatligi orqali uning biologik, ijtimoiy va ruhiy tadrijiy rivojlariga ta’sir etib, salomatligini yomonlashishiga, ma’naviyatini pasayishiga va iymonini susayib ketishiga olib keldi. Biosferaning tarkibiy qismi bo‘lgan inson, tirik mavjudotlarning oliy shakli hisoblanib, tabiiy muhit bilan bir paytning o‘zida ijtimoiy va ruhiy muhitlarda yashaydi. Shu boisdan u biologik, ijtimoiy ruhshunoslik qonuniyatlari bo‘yicha rivojlanib boradi hamda ularning doimiy o‘zaro ta’siri ostida bo‘ladi. Biroq bironta ham sanekologik, ijtimoiy ekologik va psixologik tadqiqotlar «umuminsoniga» tayana olmaydi. Faqat aniq biologik, ruhiy va ijtimoiy belgilarga ega bo‘lgan odamlar guruhigina sanekologiya ijtimoiy ekologiya va psixoekologiya fanlarining tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin. Oilada, xalq ta’limi tizimida, mehnat jamoalarida, jamoat joylarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, davlatning ichki va tashqi siyosati faoliyatidan qaror topgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy munosabatlar majmuasi inson hayoti faoliyatining ijtimoiy va ruhiy muhitini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning ekologik jihati deganda shu munosabatlarning insonni ijtimoiy va ruhiy rivojlanishiga ta’siri tushunmoq zarur. Davlatning ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan insonlar hayot - mamotining ijtimoiy muhiti «makroijtimoiy muhit» deb atalib, uning ichki rivojlanish qonunlarini siyosatshunoslik va makroiqtisod fani o‘rganadi. Kishilarni oiladagi, o‘quv muassasalaridagi, mehnat jamoalari natijasi «mikroijtimoiy muhit» qaror topdi. Uning ichki qonuniyatlarini jamiyatshunoslik, ijtimoiy ekologiya pedagogika, madaniyatshunoslik va mikroiqtisodiyot ilmlari o‘rganadilar. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling