Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya haqidagi ta\'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi
Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja: 1. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi 2. Ekologiya va biosfera haqidagi ta’limot 3. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 4. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat muhofazasiga oid qarashlari. 5. O’zbekiston ekologiyasi, muammolari va ekologik vaziyatni yaxshilash yo’llari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o'simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi. Evolyusion va ekologik masalalarni o'z ichiga qamrab olgan ekologiya, ya'ni tabiatda turning yashashi uchun zarur bo'lgan muhitning barcha omillari yig'indisi haqidagi tushunchalar g'arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton, R.Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy sistemalari o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi, 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeosenozlar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. 20 – 30 yillarda o'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va YE.N.Korovinlarning ekologiya – gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlanadi. Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o'simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va boshqalar tomonidan ko'pchilik o'simliklarning ekologik – biologik xususiyatlari o'rganildi. Zoologiya tadqiqotlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti faoliyati bilan bog'liqdir. D.N.Kashkarovdan so'ng O'zbekistonda ekologik yo'nalish uning davomchilari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikov, A.M.Muhammadiev, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov va boshqalarning ishlarida rivojlandi. Qarshi cho'lini o'rganish natijasida D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovalar birgalikda. “Qarshi cho'lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo'llari ishlab chiqilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, respublikamizdagi iqtisodiy tanglikdan chiqish ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma'lum bo'lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. 1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o'zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo'nalishlari vujudga keldi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling